Italiya A seriyasining 19-turida “Milan” o'z maydonida SPALni mag'lub etdi.
“Juzeppe Meacca”da kechgan bahsning 13-daqiqasida Andrea Petanya hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas Samuel Kastilexo muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limda Hoqon CHalxano'g'lining uzatmasini Gonsalo Iguain golga aylantirdi-2:1. Bu “Milan”ning A seriyada so'nggi beshta uchrashuvdagi ilk g'alabasi bo'ldi.
Bu g'alabadan keyin “Milan” 31 ochko to'plagan holda turnir jadvalining beshinchi pog'onasiga ko'tarildi.
Milan – SPAL 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Petanya, 1:1 – 16 Kastilexo, 2:1 – 64 Iguain.
Milan – Donnarumma, Abate (Kalabriya, 62), Sapata, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, CHalxanoglu, Suso, Iguain (Borini, 82), Kastilexo (Kutrone, 62).
SPAL –Gomis, CHonek, Felipe, Bonifaci, Dikmann (Vikari, 46), Missiroli, Skyattarella (Valdifori, 74), Kurtich, Kosta (Fares, 53), Petanya, Antenuchchi.
Ogohlantirish: Kurtich (51), Kastilexo (56), Skyattarella (70), Sapata (73), Suso (79).
CHetlatish: Suso (89).
скачать dle 11.0фильмы бесплатно