Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 11:17 – Xames “Bavariya”da qolishni xohlamayapti 
  • 11:13 – “Roma” himoyachisi Turkiyaga ketishi mumkin 
  • 11:13 – Markus Reshford jarohat oldi 
  • 11:12 – “Real” Edin Jekoni kuzatmoqda 
  • 11:11 – “Milan” Mexdi Benatiyani nishonga oldi 
  • 11:11 – Sadio Mane: “Keyta “Liverpul”da hammani hayron qoldirdi” 
  • 11:09 – O'rtoqlik o'yini. Ispaniya Bosniya va Gercegovinani mag'lub etdi 
  • 11:08 – Millatlar Ligasi. SHveycariya Belgiyani “sochib tashladi” va boshqa natijalar 
  • 11:07 – Ruben Loftus-CHik “CHelsi”ni tark etishi mumkin 
  • 11:06 – Keyn Runi qilgan ishni tezroq uddaladi 

"Nasaf" ikki nafar futbolchiga jiddiy qiziqmoqda, lekin

Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida hujumchi va tayanch yarim himoyachisi qidirmoqda.
"CA" nashrining ma'lum qilishicha, Ro'ziqul Berdiev o'z jamoasida "Mashal"ning ikki nafar futbolchisi Humoyun Murtazoev hamda Sardor Abduraimovni ko'rmoqchi.
Bu borada "Nasaf" "Mashal"ga rasman taklif bilan ham chiqqan. Lekin "gazchilar" o'z futbolchilarini "Nasaf"ga qo'yib yuborishmoqchi emas.

Ro'ziqul Berdiev tayanch yarim himoyasidagi raqobatni Sardor Abduraimov bilan kuchaytirishni istamoqda. SHuningdek, "Nasaf" hujum chizig'idagi tanqislikni Humoyun Murtazoev bilan to'ldirmoqchi.
Qayd etib o'tish joiz, bunga qadar chap qanot himoyasidagi muammo sobiq futbolchi Saydullo Rahmatovni ortga qaytarish bilan bartaraf etilgandi. Berdiev aytib o'tgan yana ikkita chiziqqa esa hozircha futbolchilar kelgani yo'q.

"Nasaf"ning "Mashal" bilan olib borgan dastlabki muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. "Ajdarlar" bu ikki futbolchi bo'yicha yana qaytadan taklif bilan murojaat qilishmoqchi. "Mashal" esa Murtazoev va Abduraimovni Pro-ligada o'ynatmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" jamoasi OCHL guruh bosqichidagi dastlabki turni 13 fevral kuni Tehronda "Persepolis"ga qarshi o'tkazadi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram