Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 17:20 – "Navbahor" Qrim va Turkiyada yig'in o'tkazadi 
  • 17:18 – Ko'richagi olib tashlangan "Tottenxem" futbolchisi 
  • 17:18 – Xavi: "Qatar JCHni o'tkazishga tayyor, mamlakatda futbol madaniyati bor" 
  • 17:17 – Pogba bugungi o'yin uchun tayyorgarlik ko'rib bo'ldi FOTO 
  • 17:16 – Osiyo Kubogi. Bugun raqibimiz Ummon Tojikiston bilan ikkinchi marta o'ynaydi 
  • 17:16 – Klublar o'rtasidagi JCH. "Real Madrid" Abu Dabiga uchib ketdi FOTO 
  • 17:15 – Sarri: "Kantedan to'g'ri foydalanyapman" 
  • 17:14 – "CHelsi" Fabregasning narxini tushirmoqchi emas 
  • 17:11 – Mourino "Liverpul"da "yadroviy bomba" borligini aytdi 
  • 17:09 – Varan: "Mavsumni yaxshi o'tkazishi uchun "Real" ko'proq kuch sarflashi kerak" 

Modrich, Mbappe, Ikardi, Torreyra... Ularni topgan skaut hozir Italiyada

Rikkardo Pechiniga skautlik ota meros. Uning otasi Aldo “Inter”, “Lacio” va “Parma”da ishlagan. U Julio Sezarni ham Italiyaga olib kelgan.
Aldo ikki o'g'li Rikkardo va Nikolni futbol tomosha qilishga ko'p olib borardi. Rikkardo nafaqat o'yinga qiziqar, balki uni o'zgacha zavq bilan kuzatardi. Maydonda omadi chopmaganidan so'ng, u skautinga o'tib ketdi.

Qizig'i shundaki, Nikol ham futbol sohasida ishlagan: 2007 yil Amerikaning IMG kompaniyasiga A Seriya futbolchilarining birinchi katalogini tuzib bergan. SHu bilan bir qatorda, agent sifatida ham faoliyat yuritgan. “Ha, yosh o'yinchilarni qidirib, topish bizning qonimizda bor”, — deb hazillashgandi Rikkardo Tuttosportga bergan intervyusida.

2002-yil Pechini “Fiorentina”da sinov muddati asosida ish boshladi. U kelishidan bir necha oy avval klub kasodga uchragan va quyi diviziondan o'rin egallagandi. Ikki yildan so'ng jamoa A Seriyaga qaytgan va tarkibni kuchaytirishga muhtoj edi. Pechini yordamida klub Nakata, Mikkoli va 20 yoshli Jorjo Kellini bilan shartnoma imzolagan. Lekin eng muhimi Rikkardo “Fiorentina”da yangi bilimlarni o'ziga singdirib olardi. U kunduzi o'qir, tunda esa o'yin tomosha qilar va futbolchilarning kartotekasini tuzardi.

“Skautingni faqatgina amaliyotda o'rganish mumkin, yani iloji boricha ko'proq o'yin tomosha qilish kerak. Bu sohada malumotni qanday to'plash kerakligini bilish muhim: kam gapirish, ko'p eshitish, aloqalalarni kuchaytirish, o'ziga tasir o'tkazishga yo'l qo'ymaslik lozim. Umuman olganda, xuddi jurnalistlardek ishlash kerak”, — deya yodga oldi italiyalik.

Modrich va Mbappe

2005 yil Rikkardoni Janubiy Evropada skaut bo'lib ishlashga taklif qilishgandi va u “Tottenxem”ga kelgan hamda bilimlarini charxlagan. Pechini eng katta yutuqlaridan biri bo'lmish Luka Modrichni ana o'sha erda topgandi.

Modrich Pechinining ro'yxatida 2005 yil paydo bo'lgan. O'sha paytlarda Luka Xorvatiyaning “Inter Zapreshich” klubida to'p tepardi. U vaqtlarda xorvatiyalikni hali hech kim tanimasdi: ozg'ingina yigitning iqtidoriga Zagrebda hech kim ishonmay, uni doim turli jamoalarga ijaraga berib yuborishardi. Lekin bu skautni tashvishga solmadi: “U cho'pdek ozg'in edi, biroq to'p bilan yaxshi harakatlanar va turli vaziyatlarda o'zini yaxshi boshqara olardi”. Luka Zagreb shahrining “Dinamo” klubi futbolchilari Niko Kranchar hamda Vedran CHorluka bilan iqtidorli o'yinchilar qatoriga kirgandi.


Pechini 2007 yil yozigacha Modrichni hamda Bolqon yarim orolining boshqa futbolchilarini o'rgangan. Bu vaqtgacha esa Luka “Dinamo” etakchisi bo'lib ulgurgandi. Italiyalik bundan hayratlanib, darhol “Tottenxem” sport direktori Damen Komolliga qo'ng'iroq qiladi va uni zudlik bilan Zagrebga uchib kelishini so'raydi.

Pechini xorvatiyalikni shaxsan o'zi bir yil davomida kuzatib yurgan. Xorvatlar “Uembli” stadionida Angliya termasini mag'lubiyatga uchratishganida, Modrich ham bahsda to'liq ishtirok etgandi. SHundan so'ng, Rikkardo havbekni “Tottenxem”ga sotib olishga ilk bor urinib ko'radi. Ammo “Dinamo” direktori Zlatko Mamich juda ham ko'p narsa talab qilgan.

2008 yil aprel oyida vaziyat yana ham keskinlashdi: Modrich “Dinamo” va Evro-2008ga chiqqan Xorvatiya termasining asosiy yulduziga aylandi va u haqida ko'pchilik xabar topdi. “Barselona” ham unga qiziqa boshladi. Angliyaning “Arsenal”, “Nyukasl” va “Manchester Siti” klublari u bilan shartnoma tuzishga kirishdi. Lukani yo'qotib qo'yishdan cho'chigan Komolli esa umidsizlikka tushib shunday degandi: “Agar biz 1-2kun ichida Modrich bilan shartnoma tuzmasak, hammasini qo'ldan chiqardik desak ham bo'ladi”. U ertalabdan Deniel Leviga qo'ng'iroq qilib, bu xaqida xabar beradi. Prezident esa birinchi reys bilan 3 soat ichida Zagreb shahriga uchib boradi. Levi ertasi kuni Komolliga xushxabarni aytish uchun telefon qiladi va shunday deydi: "Modrich bilan shartnoma tuzildi. U endi bizniki!" O'sha yili “Tottenxem” yana ikki futbolchi Kranchar va CHorlukani sotib oladi. Ularni ham Pechini topgandi.

2007/08 yilgi omadli mavsumdan so'ng, Pechini “Sampdoriya”ga yo'l oladi. U erda texnik-direktor lavozimida bir yil ishlaydi va Simone Dzadza va Mauro Ikardini ko'z ostiga olib qo'yadi. Pechinining navbatdagi katta yutug'i 2012 yil “Monako”da sodir bo'ldi. Ribolovlev loyihasi endigina ish boshlagan va yosh iqtidorli o'yinchilarga muhtoj edi. Taqdimotda Vasilev yangi hamkasbi haqida shunday degan: “Rikkardo Pechini — o'z ishining haqiqiy ustasi. U bizning akademiyani Franciyada eng yaxshi o'quv muassasasi qilishiga ishonamiz”.

Pechini “Monako” texnik direktori bo'lgan va birinchi jamoaning koordinaciyasi, o'quv markazi, tibbiy markazga javob bergan va skautlar bo'limidagi 12ta mutaxassisni nazorat qilgan. Ularning 6tasi tashqi bozor (Janubiy Amerika va SHarqiy Evropa), qolgani esa ichki bozor bo'yicha faoliyat yuritgan. Bu yaxshi natija bergan: klub Marsyal, Kondogbya, Lemar va boshqa yosh yulduzlar bilan shartnoma imzolagan va Liga 1 da g'alaba qozonib, ECHLning yarim finaliga chiqa olgan.

Lekin eng asosiy yutuq — 2013 yil 14 yoshli Mbappe bilan tuzilgan shartnoma bo'ldi.

«O'yinchilarning natijalari yozilgan hisobotni birinchi martta menga olib kelishganida, unda qandaydir xatolik bor deb o'ylagandim. CHunki 14 yoshli bolakay bu darajada o'ynashiga ishongim kelmasdi. Keyin u ishtirokidagi o'yin yozib olingan diskni qo'yib, tomosha qila boshladim. Uni maydonda qanday harakatlanishini ko'rib, ko'zlarimga ishongim kelmasdi. Ko'z o'ngimda bo'lajak chempion turardi”», — deya yodga oldi qaxramonimiz.

Franciyaning mashhur o'quv yurtlaridan biri Klerfonten akademiyasida tahsil olayotgan Mbappe uchun bo'lgan kurashda, “Monako” klubi “Inter” va PSJni ortda qolbirib ketdi. Parijliklar ikki baravar ko'proq — 650 ming evro taklif qilishdi. “Monako” esa 380 ming evro bermoqchi edi, biroq hamma ishni Pechini, “Monako” direktori Tor-Kristian Karlsen va Killianning otasi bilan bo'lgan kechki ovqat hal qildi.

“Monako” vakillari Mbappe yashaydigan Bondi shaharchasiga etib kelishdi. Mehmonlarga uy bo'ylab ekskursiya tashkil qilishadi. Pechini bu vaqt mobaynida Mbappening xonasida Ronalduning o'ndan ortiq devorga ilingan suratlarini ko'radi va yosh bolakayni avray boshlaydi. Kechki taomdan so'ng, Pechini ishga kirishadi. “Ronalduni yaxshi ko'rasanmi? Bilasanmi, u Madridga borishdan avval, bir necha yil “Sporting”da o'ynagan. Top-klubga tayyor bo'lib borish zarur. “Monako” — ideal variant», — degandi ishonch bilan Rikkardo.

Italiyalikning gaplari Mbappega tasir qiladi va franciyalik “Monako”ni tanladi. Ikki yildan so'ng Pechini “Monako”ni tark etdi. Sababi u ofisda o'tirib ishlardi va sevimli mashg'ulotiga vaqti etmasdi:

“Menga har kuni ofisda o'tiraverish yoqmaydi. Men samoletga o'tirib, navbatdagi iqtidorli yosh futbolchini izlashga ketaman. Bu hayotim mazmuni”.




“Sampdoriya” — Pechinining asosiy loyihasi


2014 yilda kinoprodyusser Massimo Ferrero “Sampdoriya”ni katta umidlar bilan sotib oladi. O'zi bilan birga ishlashga esa Karlo Osti (tajribali sport direktori, 90-yillardan beri Italiyada ishlaydi) va Rikkardo Pechinini ham jalb qiladi.

Ferrero ommaning ko'ziga iloji boricha qattiqqo'l, qo'pol va ters bo'lib ko'rinishga harakat qilgan, biroq klub ishlarini tashkil etishda masuliyat bilan yondashgan va xodimlarga sharoit yaratish zarurligini to'g'ri tushungan: u Pechiniga katta imkoniyatlar berib, yosh iqtidorlarni izlab topish bilan shug'ullanishi uchun “skautlar departamenti”ni yaratishida qo'llab-quvvatlagan.

Pechinining bo'limi 5ta skaut va 1ta koordinatordan tashkil topgandi. Har dam olish kunlari u jamoasi bilan o'yin tomosha qilishardi. Hafta oxirlarida skautlar 9 tagacha jonli o'yin tomosha qilardi. Jamoa juma kuni ertalab jo'nab ketsa, dushanba kuni kechqurun qaytib kelardi. Seshanba yoki chorshanba kunlari hiobot topshirib, Pechini bilan o'yinchilarni muhokama qilishardi. Ish haqqi — oyiga 3000 evro edi.

Rikkardonining ofisida o'yinchilarni 4ta bosqich bo'yicha tahlil qilishardi: texnika, mentalitet, jismoniy va taktik tomonlama tayyorgarligi. Muhokamadan so'ng, hamma o'zining hal qiluvchi ovozini berardi: shtabning har bir azosi o'yinchiga baho qo'yardi. Bo'limning asosiy vazifalaridan biri — tezlik edi: futbolchi haqida malumot to'plash va uni o'rganish uchun ikki oydan ko'p vaqt sarflamaslik lozim. Sababi u bilan boshqa klub shartnoma imzolab qo'yishi mumkin edi.

“Sampdoriya”ning biznes rejasi quyidagi princip asosida tashkil etilgan: “yaxshi skaut”, “arzonga xarid qilish”, “qimmatga sotish”. Maqsadi esa: yosh iqtidorlarni topish, ularga to'g'ri yo'nalish berish va top-klublarga sotib yuborish. Transfer bozorida raqobat kuchli, shu sababli u erda birinchi bo'lish uchun Pechinining bo'limi bir nechta principga asoslangan:

• O'yinchining mentaliteti juda muhim.
Pechini noqulaylik tug'diradigan futbolchilar bilan hamkorlik qilmaydi: “Agar u 4ta tilda so'lasha olsa, murabbiy bilan til topishib ketishida muammo bo'lmaydi”. Pechini bir qarorga kelishdan avval, o'yinchi va uning oilasi bilan kechki ovqat uyushtiradi: “Qaerda yashashini ko'raman, qiziqishlari va xarakterini qisman bilaman”. Bu borada u Kilian Mbappeni ideal futbolchi deb hisoblaydi. “Oilasi tufayli Mbappe bolaligidan sportchi xarakteriga xos tarzda ulg'aygan. U 16 yoshidayoq top-darajada o'ynash uchun o'z ustida ko'p ishlash kerakligini yaxshi tushungandi va buning uchun ko'p narsasini qurbon ham qilgan”, — deya yodga oladi italiyalik.

• Statistika muhim emas.
Ha, Pechinining qo'l ostidagi xodimlari statistikani o'rganishardi, ammo bu juda katta ahamiyatga ega emasdi. “Angliyaliklarda bitta alohida bo'lim o'yinchilarning malumotlarini tahlil qiladi. Lekin biz faqat statistikaga qarab qaror qabul qilmaymiz. Men avval o'yinchini tanlab olaman, keyin esa raqamlarga qarayman”, — deydi Pechini. Skaut shtatining bir dunyo ishlari va doim bandligiga qaramay, Rikkardo shaxsan o'zi o'yinchini kuzatadi va haftasiga 7 tagacha o'yinni tomosha qilishga harakat qilardi.

• Doim yosh iqtidorlarni topish mumkin bo'lgan “yangi bozor”lar haqida o'ylash kerak.
Hammasi Pechini Janubiy Evropada skautlik bilan mashg'ul bo'lib yurganidayoq, yani “Tottenxem”dan boshlangandi. Rikkardoni ikkita narsa hayratlantirgandi: bu bozorga top-klub skautlarining qiziqishi kamligi va yosh iqtidorli o'yinchilarning soni. Pechini “Sampdoriya”da ko'pchilikning etiboridan chetda qolayotgan, kam o'rganilgan hududlar: SHarqiy Evropa (SHkrinyar, SHik, Linetti, Kovnackiy), Pribaltika, Xorvatiya hamda Greciya, Evropadan tashqarida esa Argentina, CHili, Kolumbiya, Gana va Nigeriya ahamiyat bergan.

Lekin uni Afrikaga nisbatan ehtirosi kusliroq edi. Italiyalik u erda bir talay iqtidorli o'yinchilar borligiga ishonch hosil qilgandi. “Gabon shahrida Evropaga etib kelolmagan o'nlab Obameyangdek futbolchilar yashaydi”, — deydi skaut. SHuning uchun, italiyalik Afrika transfer bozoriga borishni, u erdan yangi iqtidorli o'yinchilarni izlab topishni rejalashtirgan.

“Sampdoriya” — Pechini faoliyatidagi eng asosiy loyiha. U boshqa klubda bunchalik erkinlikda ishlamagan.
“Sampdoriya” Pechini bilan to'rt mavsum davomida birga bo'lib, yuqori natijalarga erishmagan. Lekin doimo yosh iqtidorli tarkib bilan maydonga tushardi va 1-2 mavsumdan so'ng ularni yaxshigina pul evaziga top-klublarga sotib yuborardi.

2017 yilning yozida klub o'yinchilarini 80 million evroga sotgan va A Seriyada “Yuve”, “Roma” va “Fiorentina”dan keyingi to'rtinchi o'rinni egallagandi. Sotilgan o'yinchilarning asosiy qismini Pechini klubga olib kelgandi: SHik (4 mln evroga xarid qilishgan. Agar “Roma” transfer huquqini sotib oladigan bo'lsa, 14 mln ishlab olishadi), SHkrinyar (1 mlnga xarid qilingan, 24 mlnga sotilgan), Roberto Soriano (0,5 mlnga xarid qilingan, 14,5 mlnga sotilgan). SHu yilning yozda ular safiga Lukas Torreyra qo'shilgandi. Uni yaqinda “Arsenal”ga 30 mln evro evaziga sotib yuborishdi (2 mln evroga xarid qilishgan edi).

Qiziqarli fakt: 2016/17 yilgi mavsum boshida “Sampdoriya”ning asosiy tarkibidagi 23 yoshgacha bo'lgan 9ta o'yinchining ish haqi yiliga 3,78 mln evroni tashkil qilardi. Bu o'rtacha hisobda har bir o'yinchiga 0.4 mln evrodan deganidir. Yaxshi ishlagani uchun ish haqi oshirilib borilishi — bu ham principlarning biri edi: Torreyra o'tgan yozda ish haqi yiliga 0,2dan 1million evroga ko'tarilish talabi bilan shartnoma imzolagandi.

Italiyada Pechiniga talab katta ekani ajablanarli emas. Masalan, 2017 yilning yozida Aurelio De Laurentis u bilan qiziqqandi. Unga kichik klublar kamroq taklif bildiradi.

O'tgan mavsum so'ngida Italiyaning mashhur nashri “Calciomercato” Pechinidan fahrlanaib, shunday yozgan edi: “Sampdoriya”ning haqiqiy chempioni bor. Gap Torreyra, SHkrinyar yoki SHik haqida ketayapti deb o'ylagandirsiz. Yo'q, adashdingiz. Biz ana shu o'yinchilarni topgan va ularni klubga olib kelgan inson haqida yozmoqdamiz. U buyuk skaut Rikkardo Pechinidir!”

2018 yilning yozida italiyalikning “Sampdoriya” bilan shartnoma muddati yakunlanganidan so'ng, ommaviy axborot vositalari “Arsenal”, “Tottenxem” va “Inter” unga taklif bildirayotgani haqida yozishgandi. Biroq Pechini ularning barchasiga rad javobini berib, o'tgan mavsumda B Seriyaga tushib ketgan “Empoli” klubi bilan shartnoma imzolagan. Birinchi press-konferenciyada Pechini vaziyatni biroz tushuntirgan: “Men klubda doim asosiy rolda bo'lganman. Menga klubni rivojlantirish, uni yuqori cho'qqilarga olib chiqish yoqadi. Men “Sampdoriya”da yaxshi ishladim deb o'ylayman. Pechini avval ham toskanaliklar klubini maqtab, ularning akademiyasidan fahrlanishi, bolalar bilan ishlashdan zavqlanishini aytgandi.

“Arsenal” va “Inter”dek klublar taklif bildirib turganida, B Seriyaning kichik bir klubini tanlash — faqat Pechini shunday qilsa kerak. Rikkardo u erda yangi bo'lim tashkil qilib, ishidan zavqlanib faoliyat yuritishi aniq.

Demak, bir necha yildan keyin A Seriyadagi eng qaynoq transferlar “Empoli” bilan bog'liq bo'lishiga shubha yo'q.
Modrich, Mbappe, Ikardi, Torreyra... Ularni topgan skaut hozir Italiyada
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram