"Barselona" vice-prezidenti: "Neymar biz bilan mushuk-sichqon o'ynagan"
- 04.02.2018, 19:23,
- Yangiliklar
- 0
225
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
"Barselona" sport direktori va vice-prezidenti Jordi Mestre Neymarning PSJga o'tishidagi qiliqlari haqida aytib berdi.
"Agar u oldimizga kelib, Sesk, Pedro, Aleksis va Maskerano kabi ketmoqchiligini aytganida, biz rozi bo'lardik. Ammo bunday vaziyatlarda o'zini ahmoqqa solish noto'g'ri. U biz bilan mushuk-sichqon o'ynagan. Neymarning qiliqlaridan, uning ketishini tushundik va shu sababli unga yangi shartnoma uchun mukofot pulini to'lmasligimizni aytdik.
U bizga hech narsa demadi. Agar aytganida, PSJ uni arzonroqqa olgan bo'lardi. Neymar transfer bozorida sensaciya qilishga urindi. Biz o'z transferlarimizdan ancha pul tejab qolar edik va OAVda mish-mishlar ko'paymasdi. Messi "Barselona"da ekan, Neymar hech qachon jahonda birinchi raqam bo'la olmasligini tushundi" - deydi Mestre.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia