Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 16:29 – “Qo'qon-1912” G'iyos Komilovni ham tarkibga qo'shib oladimi? 
  • 16:28 – "Neftchi"ni yana bir futbolchi tark etdi. Dilyorbek Irmatov “Metallurg”da 
  • 16:28 – "Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi boshlanish vaqti malum 
  • 16:27 – "Real" yozda 110 mln. evrolik transfer amalga oshiradi 
  • 16:26 – Samvel Babayan: "Vaqti kelsa barini aytib beraman..." 
  • 15:16 – Nazorat uchrashuvi: So'g'diyona 2-2 Oq tepa 
  • 15:07 – “Lokomotiv” jamoasi muxlislari uchun aytilgan qo'shiqni eshitganmisiz? VIDEO 
  • 15:06 – Transfer. MYU Aleksis uchun 28 mln. evroga bir futbolchini qo'shib beradi. U kim? 
  • 15:05 – O'zbekiston U-23 chorak finalda Yaponiya bilan o'ynaydi 
  • 13:52 – Obameyang "Borussiya" mashg'ulotlariga qaytdi 

Hamidjon Aktamov: Aksariyat futbolchilarning tabi nozik bo'lib qolgan

SHu kunlarda Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishyapti.
CHo'ntagi baquvvat jamoalar xorijda, qolgan klublarimiz esa Toshkentda va bazilari o'z qarorgohlarida yangi mavsum hozirligini ko'rishyapti. O'tgan mavsum elitadagi o'rnini bir amallab saqlab qolgan "Qizilqum" jamoasi ham o'tgan yili yo'l qo'yilgan kamchiliklardan to'g'ri xulosa chiqargan holda mashg'ulotlarga zo'r bergan.
Biz "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovdan o'tgan mavsum xulosalari va yangi yil rejalari xususida intervyu oldik.
- Hamidjon aka, jamoangizda echimini kutayotgan muammolar borligini juda yaxshi bilasiz. Ko'proq nimalarga etibor qaratish kerak?
- Muammolar yo'q hisobi. Hamma sharoitlar bor. Faqat bosh homiyimiz yangi mavsum uchun smetani tasdiqlab berishi hamono ishlarni boshlaymiz.
- Taxminan qancha mablag' evaziga sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan raqobatbardosh jamoa tuzish mumkin?
- Uzr, bu savolga javob berolmayman.
- O'tgan mavsum jamoa o'z imkoniyati darajasida o'ynay olmadi. Lekin «Qizilqum»ning ichki potenciali yuqori edi...
- Buning o'ziga yarasha obektiv va subektiv sabablari bor. Mavsumga yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko'rgandik. Tarkib borasida hech qanday muammo yo'q edi.
Siz aytgandek, raqobatbardosh jamoa shakllantirgandik. Afsuski, 1-turdayoq «Paxtakor»ga yutqazib, chempionatni omadsiz boshladik. Ilk o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarning ruhiyati tushib ketdi.

- Jamoaning omadsiz ishtirokiga faqat 1-turdagi mag'lubiyat sababmi?
- Qaysidir manoda, shunday desa ham bo'ladi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qoldi, negadir ichki muhit o'zgardi. Yigitlarimiz o'zlariga kelganda esa «Qo'qon-1912»ga imkoniyatni boy berib qo'ydik.
Keyin esa o'zi shundoq ham tarang bo'lib turgan vaziyat yanada chigallashdi. Boz ustiga, muxlislarning biroz o'rinsiz haqoratlari o'yinchilarga ruhiy tomondan salbiy tasir o'tkazdi.
- Bosh murabbiy sifatida vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga intildingizmi? Balki bu yo'lda sizga biror narsa to'sqinlik qilgandir?
- Qo'limdan kelganicha harakat qildim. Qator mag'lubiyatlardan so'ng «Bunyodkor»ni o'z uyida engishni uddaladik. Buning natijasida oz bo'lsada o'zimizga kelib olgandik. Ammo aksariyat futbolchilar yulduzga aylanib qolishdi. Ana shundan keyin omad yana bizdan yuz o'girdi. Boz ustiga, har kuni bosim ostida ishladik.
- Mavsum yakunlari jamoada muhokama qilindimi? Boshqalarga o'rnak bo'lishi uchun o'sha siz aytgan «yulduzlar»ga nisbatan jazo qo'llandimi?
- Yig'ilish qildik, yigitlar bilan gaplashib oldik. Foydasi bo'ladi, degan umidda ularga vaziyatni tushuntirdik. Lekin mashg'ulotda boshqa muhit, o'yinda esa mutlaqo boshqa muhit saqlanib qolaverdi.
Hozir o'shanda bajarilgan har bir ishimizni tahlil qilyapmiz. Ha, xatolarimiz ham yo'q emas. Yildan-yilga tajribamiz oshib boryapti. Nasib qilsa, joriy 2018 yilda hammasi boshqacha bo'ladi.
- Balki qaysidir futbolchilar ichki muhitni buzishgandir?
- Ha, shunaqasi ham bor. Qisqacha aytganda, bizga ko'z tegdi. 2016 yili 6-o'rinni egallagandik. O'shanda yigitlar juda yaxshi o'yin namoyish etishgandi. Bu mavsum esa ular nima uchun o'ynayotganliklarini unutib qo'yishdi.
Aksariyat futbolchilarimizning tabi nozik bo'lib qolgan. Qisqasi, mehnatni tashlab qo'yishgan. Bunday bo'lishiga yoshlikdagi tarbiya sabab, deb o'ylayman. O'FFning yangi rahbariyati aynan shu jihatga etibor qaratyapti. Yani, klublardan futbolchilarni yoshlikdanoq yangicha ruhiyatda tarbiyalashni talab qilmoqda.
Federaciya juda to'g'ri ish tutdi. Juda ko'p narsa yoshlikdagi tarbiyaga bog'liq ekanligiga o'z tajribamda guvoh bo'ldim. O'tgan yili zo'rg'a kuchlilar safidagi o'rnimizni saqlab qoldik. Mana shunday holatda kimga qiyin, albatta, klub rahbarlari va murabbiylar shtabiga.
- Jamoa o'sha tabi nozik futbolchilar bilan xayrlashdimi?
- Bu savolingizga hozir javob berolmayman.

- O'tgan yilgi mavsumda «Qizilqum» hakamlardan aziyat chekmadimi?
- Bizda bu mavzuda gapirish uchun huquq yo'q. Xatoni hamisha o'zimizdan izlab kelganmiz. Qaysi o'yinlarda yutqazgan bo'lsak, unda hakamlarning xatosini ko'rmadim. Demak, jiddiy etiroz yo'q.
- Artur Gevorkyanning o'yini haqida qanday fikrdasiz? «Qizilqum» sardori o'z imkoniyati darajasidan past o'ynamadimi?
- Artur tajribali, o'z ishiga professional tarzda yondashadigan futbolchi. SHuni aytishim kerakki, uning o'tgan mavsumda bizga ko'p yordami tegdi.
- U bilan shartnoma uzaytiriladimi?
- Agar bitim bandlari bo'yicha kelishib olsak, uzaytiriladi.
- Bu masalada uning o'zi bilan gaplashdingizmi?
- Ha. Nasib qilsa, u yangi mavsumda ham «Qizilqum» sharafini himoya qiladi.
- Legionerlar ishonchni oqlashdimi?
- Faqat Artur!
- Qolganlarda adashdik, deb o'ylaysizmi?
- SHunday desa ham bo'ladi.
- Umuman, legionerlarni sizlarga kim tavsiya qiladi?
- Bu masala bilan bosh murabbiy sifatida o'zim shug'ullanaman.

- Kelasi mavsum uchun ko'z ostingizga olib qo'ygan xorijlik futbolchilar bormi?
- Bor. PFL tomonidan legionerlar uchun joriy qilinadigan 4+1 limitidan to'liq foydalanmoqchimiz.
- O'tgan mavsum yoshlar jamoasida o'zini ko'rsatgan futbolchilar bormi? Umuman, o'rinbosarlar ishtiroki, murabbiylarning ishidan qoniqyapsizmi?
- Yoshlar tarkibi asosiy jamoaga eng yaqin rezerv, yani zaxira hisoblanadi. SHu manoda, biz bu jamoaga alohida etibor bilan yondashamiz. Murabbiylar yaxshi ishlashyapti.
O'tgan mavsum o'rinbosarlar safida o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olgan 3-4 nafar futbolchini asosiy tarkibga taklif qilganman. Keyingi yili ulardan umidim katta.
- Kimlarni alohida tilga olasiz?
- Mirjalol Qosimov, Bekzod Mirzamurodov, Viktor Grigorev, Mustafo Rahmatov kabi yosh istedodlar o'z o'yinlari bilan bugungi kunda asosiy jamoada o'ynashga haqli ekanliklarini isbotlashdi. Albatta, ularga imkon beramiz.
- Jamoaning futbol akademiyasini tashkil qilish rejasi bormi?
- Futbol maktabimiz faoliyat yurityapti. Akademiya tashkil etish rejasi ham yo'q emas, harakatlar boshlab yuborilgan. Faqat ozgina vaqt kerak, chunki bu ish katta mablag' talab qiladi.
- O'tgan mavsum o'ynagan legionerlarga javob berib yuborildimi?
- Xuddi shunday. Ular o'z vatanlariga qaytib ketishdi.
- O'tgan mavsum uchun to'liq hisob-kitob ishlari amalga oshirildimi? Qarzdorlik yo'qmi?
- Ochig'ini aytaman, ozgina qarzdorlik qolgan. Tez orada bu masala ijobiy hal etiladi.
- Oliy ligada 12ta jamoa qoldirilishiga munosabatingiz qanday?
- Menimcha, yaxshi bo'ldi. Buning natijasida chempionatimiz kuchayadi. O'yinlar keskin va qiziqarli ruhda kechadi. Axir muxlislar ham shunday futbolni xohlashadi-ku, to'g'rimi?
- «Qizilqum» ana shu kuchli raqobatga tayyormi, jamoa unga dosh bera oladimi?
- Raqobatga tayyormiz. Tarkibni shunga yarasha kuchaytiramiz.
- Xorijda yig'in o'tkaziladimi?
- Ha, shunday reja bor. Fevral oyida Turkiyaga safar uyushtirmoqchimiz. U erda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz. Legionerlarni aynan shu yig'inimizda yana bir bor nazoratdan o'tkazib, yakuniy xulosaga kelamiz.
- Hamidjon aka, murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beryapti? O'zgarish bo'lmaydimi?
- Yo'q. Hozir menga ko'maklashayotgan Islom Ahmedov, Yuriy Lukin va Grigoriy Ceytlin bilan hamkorlikni davom ettiramiz.
- Qaysi murabbiylarning ish uslubini kuzatib, o'rganib borasiz?
- Mirjalol Qosimovga hurmatim baland. Aynan uning uslubini kuzatib boraman.
- Qattiqqo'l murabbiymisiz?
- Unchalik emas. Sababi, professional futbolchilar bilan ishlayman. Ularning aksariyati pul uchun to'p suradi, deb o'ylayman.
- Siz haqingizda malumotlar ko'p emas...
- Futbolga kelishim tarixi juda ham uzoq. Qisqacha aytadigan bo'lsam, ikkinchi ligadan to bugungi kun, yani bosh murabbiylikkacha bo'lgan mashaqqatli yo'lni bosib o'tganman.
Hozirgi jamoam bilan to'rt yil 2-ligada, ikki yil 1-ligada ishtirok etdik. Ikkinchi davra boshida 7 ochko bilan turnir jadvalining eng oxirida yurgan jamoani kuchlilar safida olib qolishga erishdik. 2013 yili «Qizilqum»ni Zarafshondan Navoiyga olib kelib, yangi jamoa shakllantirdik.
O'shandan beri shu klubda ishlab kelyapman. Hali oldimizda qiladigan ishlarimiz bisyor. Infratuzilmani yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirganmiz.
Zamonaviy stadion bunyod etdik, uning chimi havas qiladigan darajada. Bugungi kunda maydonimiz sifat darajasiga ko'ra O'zbekistonda kuchli to'rtlikka kiradi. Bularning bariga juda ko'p mehnat sarflandi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi "Interfutbol" gazetasiскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram