Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 23:40 – “Liverpul”​ yoshlari MYU yoshlarini ECHLdan chiqarib yubordi 
  • 23:35 – Pol Pogba “Sevilya”ga qarshi o'yinni zaxirada boshlaydi 
  • 23:35 – Gattuzo “Milan”ning eng katta muammosi haqida gapirdi 
  • 23:34 – Pepe: "Endi milliy chempionat haqida o'ylash kerak" 
  • 23:33 – O'FA “Navbahor”va “Bunyodkor” klublarini 500 million so'm jarimaga tortdi 
  • 23:31 – Raneri: "Birinchi bo'lib Mourinoga hujum qilganman, ammo keyin munosabatimiz joyiga tushgan" 
  • 20:59 – “Bunyodkor” BAAdagi yig'inini yakunladi 
  • 20:57 – Karikatura: "CHelsi" - "Barselona" uchrashuvi qanday o'tdi? 
  • 20:57 – Villian: "Kamp Nou"dagi bahs umuman boshqacha bo'ladi" 
  • 20:56 – Yumtiti "Barselona"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 

Umid Ahmadjonov: “Klublarimiz direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi”

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Angliyaga tashrifi chog'ida Angliya Futbol Associyaciyasi rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ikki Associyaciya o'rtasida hamkorlik qilishga va o'zaro tajriba almashish borasida suhbatlashgan va bu borada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi.
Ushbu kelishuv asosida, O'zbekiston Futbol Associyaciyasi Superligada ishtirok etuvchi klublar direktorlari, shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Arsenal” kabi grand klublariga borib, u erda tajriba va malaka oshirishlari lozim edi.

Takidlash lozim, bugun ushbu hamkorlik doirasida ilk kelishuv amalga oshirildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Superligasi klublari, jumladan, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” “Buxoro” hamda “Bunyodkor” klublari mart oyida Angliyaning “Everton” klubida malaka oshirishadi. Klublar rahbarlari “Everton”ga tashrifi davomida u erdagi infratuzilma va sharoitlar, futbol sohasida Angliyada qo'llanilayotgan yangi texnologiyalar borasida tajriba to'playdilar.

Takidlash lozim, O'zbekistondagi boshqa klublar vakillarini ham Angliyaning “Arsenal” klubiga malaka oshirishga jo'natish uchun kelishuv amalga oshirilmoqda. SHuningdek, klublar direktorlarini Gollandiyaning “Ayaks” klubiga ham yuborish borasida ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada, har ikkala mamlakat futbol associyaciyalari bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Bu kelishuvlar albatta, mamlakatimizda futbol infratuzilmasi rivojiga foyda keltirishini Umid Ahmadjonov O'FA rasmiy saytiga malum qildi: “Malumki, Angliya futbol infratuzilmasi, akademiyalar nufuzi va boshqa bir nechta jihatlar borasida dunyoda etakchilardan hisoblanadi. SHu bois, Londonga qilgan tashrif chog'ida kelgusida O'zbekistondagi klublar direktorlarini aynan Angliyaga malaka va tajriba oshirish uchun jo'natish borasida Angliya Futbol Associyaciyasi bilan hamkorlik kelishuviga erishdik. Bu, hamkorlik asosida O'zbekistondagi klublar direktorlari dunyoning etakchi futbol davlatlaridan birida to'plagan tajribasini mamlakatimizda qo'llashi va bu bilan O'zbekistonda futbol infratuzilmasi rivojiga hissa qo'shadilar deb, bemalol ayta olaman”.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram