Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:20 – Ronaldu: "CHempionlar ligasining qiziq qismi endi boshlanadi" 
  • 14:17 – Guruhdagi raqibimiz Yaponiya Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibni elon qildi 
  • 14:10 – "Real" - CSKA. CHL tarixida ilk marta guruhning so'nggi jamoasi ikki marta g'olibni mag'lub etdi 
  • 14:09 – CHempionlar ligasi. Kim qancha pul ishlab oldi? 
  • 14:08 – RASMAN: Ikrom Aliboev "Seul" futbolchisiga aylandi 
  • 14:07 – Karikatura: CHempionlar ligasida so'nggi tur qahramonlari 
  • 14:06 – Klopp: "Alisson bunchalik kuchli ekanligini bilganimda ikki baravar ko'p pul to'lagan bo'lardim" 
  • 14:05 – Liga 1da o'yinlar ko'chirilishi davom etmoqda 
  • 11:46 – Marselo: “Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo CSKA g'alabaga haqli edi” 
  • 11:45 – Levandovski “kuchli beshlik”dagi eng yaxshi to'purarga aylandi 

"Avtobus haydovchisi"... Nima uchun Mourino boshqacha murabbiy?

MYUning "Yuventus" ustidan g'alaba qozonganiga 2 kun o'tgan bo'lsa-da, ko'chada Mourino haqida hali ham gapirishmoqda.
Mourino shunday insonki, uning jamoalari murabbiyning kayfiyatiga qarab o'ynaydi. Portugaliyalik mutaxassis MYU boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin jamoa ko'plab o'yinlarda kambeklar amalga oshirdi. To'g'ri, so'nggi paytlarda Mourinoning istefosi borasidagi gap-so'zlar anchagina kamaydi. Ammo rahbariyat uning oldiga konkret ravishda biror o'yindagi mag'lubiyat orqali istefo bo'lishi aytilsa, jamoa g'alaba qozonaveradi.

Oldinroq "Special One" "Bernli"ga qarshi o'yinda jamoa mag'lub bo'lsa, ishidan ketishi aytilgandi. Ammo jamoa g'alabaga erishdi. Keyinchalik Angliya matbuoti tomonidan MYU "Uotford", "Yang Boyz" va "Vulverxempton" bilan o'yinlarda bir marta yutqazadigan bo'lsa ham Mourinoga chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqagandi. Unda mankunianliklar 9 imkoniyatdan 7 ochko ishlab oldi. Demak, Mourinoga har bir o'yindan oldin istefo bilan qo'rqitish kerak ekan. SHundagina u jamoani g'alabaga boshlaydi. Ammo shunday jihatlar borki, bular Mourinodan boshqa murabbiylarda mavjud emas.


HIMOYAVIY O'YIN ORQALI NATIJAGA ERISHISH

Mourino qaerda ishlagan bo'lsa ham, odamlar uning jamoasi mag'lubiyatida klubni emas, faqatgina murabbiyni ayblaydi. U "Real"da ham, "CHelsi"da ham, MYUda ham shunday qilgan. U qaysidir etakchi futbolchi bilan urushib qolgandek bo'ladi yoki o'z o'yin uslubi bilan barchani ranjitadi. Ammo yakunda yaxshi natija. "Yuventus"ga qarshi o'yinda MYU yomon o'ynagani yo'q, futbolchilar tartibli ravishda Mourinoning aytganlarini bajardi. O'z navbatida "Yuve" "Old Trafford"dagi o'yin orqali MYUga beradigan bahosi pasaygandi. Portugaliyalik esa buni sezdi. Va shu orqali natijaga erishdi.

O'tgan mavsumda ham MYU barqaror emasdi. Ammo jamoa natija ko'rsatishda, g'alaba qozonishda unchalik yomon emasdi. MYU etakchilar bilan o'yinda avtobus orqali natija ko'rsatdi. Biroq barchasida ham emas. "Liverpul" maydoniga MYU katta "avtobus" bilan bordi. Biroq boshqa o'yinlarda "qizil iblislar" butunlay himoyaga yotib olmadi, qarshi hujum taktikasida o'ynadi.

INTERVYULAR va HARAKATLAR



"Mourino har doim yangi gaplarni o'ylab topadi, qolganlar esa mendan o'g'rilaydi", deb aytgandi bir vaqtlar Mourino.

Bu borada uning gaplariga qo'shilsak bo'ladi. Mourino qolipda o'ralgan, siyqasi chiqqan, har kuni qaytariladigan gaplarni gapirishni yoqtirmaydi. U intervyulardan qochmaydi va barchasini ochiq-oydin gapiradigan kamyob murabbiylardan. U "Barselona"da ishlab yurganida shunday degan ekan: "Real" bosh murabbiyi bo'lsam, "Barselona" shunday yirik hisobda yutqazib beramanki, meni tanqid ham qilishmaydi, istefoga ham chiqarishmaydi".

Mourino ushbu gapining "uddasidan chiqqan". Ha, o'sha 0:5 hisobidagi mag'lubiyat uning davrida bo'lgandi. Keling, 2004 yilga qaytamiz. U "CHelsi"ga bosh murabbiy bo'lgan kuni OAV va jamoa muxlislari oldida so'z bergandi: "Manchester Yunayted"ni er bilan yakson qilaman". U buni uddaladimi? Albatta! U ilk mavsumidayoq APL bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

"Inter"da ishlab yurganida esa ECHL finalida "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin: "Bavariya"ga hozirdan achinyapman. Ular ertangi mag'lubiyatga tayyorlanaverishsin".

Payshanba tunida bo'lgan "Yuventus"ga qarshi o'yindan keyin esa Mourinoning qilgan xatti-harakatini esa shunchaki tariflashga til ojiz. U "Yuve" muxlislarini bir harakat orqali og'zini yopdi. U har doim o'zining intervyulari va qiladigan ishlari bilan barchani hayratda soldiraveradi.

MUAMMOLARNI RAHBARIYATGA O'YINDA KO'RSATIB BERADI

Ko'pchilik murabbiylar tarkibdan noroziligini rahbariyatga aytadi. Ular esa yangi futbolchi sotib olishda yordam beradi.

Mourino "CHelsi"da ishlab yurganida rahbariyat unga hujumchi ortida o'ynaydigan futbolchini olib berishmagandi. Joze bu joy uchun Oskarning xizmatidan foydalanmadi va bundan noroziligini Villian orqali ko'rsatdi. Braziliyalik futbolchi bu joyda o'yini unchalik qovushmaganidan keyin, "CHelsi" hujumchi ortida o'ynaydigan futbolchisiz o'ynay boshladi. Biroq Mourinoning "CHelsi"dagi davri ko'pga cho'zilmadi. U istefoga chiqdi.

MYUda ham u tarkibdan ko'p bora norozi bo'ldi. O'tgan mavsum qishda jamoaning ikki nafar jarohatlanmagan markaziy himoyachisi qolgandi. Rahbariyat unga himoyachi sotib olib bermagani uchun o'z principlarini o'zgaritirib yubordi. Gohida Kerrik bu joyda o'ynagan bo'lsa, Pogba va Errera ham markaziy himoyani ushlab turdi. Ammo ular eplashdi. Bunda Pogba asosiy yukni o'ziga qabul qildi va himoyadan tashqari, hujumga ham bordi.

Mourino yozgi transferlar oynasi vaqtida rahbariyatdan himoyachi olib berishini juda ko'p bora talab qildi. Biroq Ed Vudvord buning uddasidan chiqmagani uchun MYU mavsumni katta muammolar bilan boshladi. O'zgacha murabbiy himoyada Errerani o'ynatgani esa ko'pchilikning etiborini tortdi. U ushbu yurishi orqali tarkibning ko'rinishidan umuman norozi ekanligini yana bir bor takidlagandek bo'ldi.

Maqolaning yakuniy qismida shuni aytishimiz mumkin-ki, Mourino davrimizning eng zo'r murabbiylaridan biri. U o'zi ishlagan barcha jamoalarda qanday katta sovrinlar qo'lga kiritganini eslatib o'tirish shart emas. Umid qilamizki, u "Manchester Yunayted"ni Ser Aleks davridagi ko'rinishga qaytara oladi.
"Avtobus haydovchisi"... Nima uchun Mourino boshqacha murabbiy?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram