Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 13:31 – "Lester" Ispaniya terma jamoasida debyut golini urgan Mendes uchun 25 mln evro to'lashga tayyor 
  • 13:30 – Xayrulla Hamidov MOQ prezidenti maslahatchisi bo'ldi 
  • 13:29 – Neymar yozda "Barselona"ga qaytadi 
  • 13:27 – Kuper o'yindan keyin nimalar degan bo'lishi mumkin? 
  • 13:26 – Lopetegi yana terma jamoani boshqarishi mumkin 
  • 13:25 – "Barselona" 3 yil davomida "Liverpul" futbolchisini sotib ololmaydi 
  • 13:24 – Klublarni 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash reglamenti tayyor bo'ldi 
  • 13:23 – "Real" klubi "Inter" o'yinchisi uchun 60 mln evro to'lashga tayyor 
  • 13:22 – Anelli: "Uchinchi evrokubok 2024 yildan so'ng o'tkaziladi" 
  • 13:21 – Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqaradi 

Kalcho bayrami: dunyoning eng kuchli murabbiylari ro'yxatida italiyalik 9 murabbiy

Germaniyaning FourFourTwo nashri har yili mavsumning eng kuchli murabbiylari reytingini tuzdi.
Ushbu kuchli ellik murabbiyning ro'yxatiga Appenin yarim orolining 9 mutaxassisi kiritildi. Quyida ular haqida suhbat olib boramiz.

49 Simone Indzagi


"Lacio"da ajoyib faoliyat olib bormoqda. ECHLga chiqish uchun biroz imkoniyatlari etmay qolgan bo'lsa-da, Indzagi o'z ishlari bilan mutaxassislarning olqishiga sazovor bo'lmoqda. Ayni damda "Lacio" A Seriyaning 5-pog'onasida ketmoqda. Indzagi taktikada katta rivojlanishlar amalga oshirmadi, biroq u deyarli ro'yxatdan chiqqan Leyva va Albertoning kalitini topa bildi. Uning qo'l ostida Immobile yanada sayqallandi.

39 Luchano Spalletti



Spalletti "Inter"da o'zidan oldin ishlagan murabbiylar qila olmagan ishni uddaladi va jamoani 7 yillik tanaffusdan keyin ECHLga qaytardi. U "neradzurri"lar bilan yaxshi saviyada ishlashda davom etmoqda. Mutaxassis jamoa bilan nafaqat ichki chempionatda, balki CHempionlar ligasida ham yaxshi yutuqlarga erishmoqda. U yaqqol ravishda o'z kasbdoshlaridan anchagina kuchli ekanligini ko'rsatmoqda. O'ylashimcha, Spalletti dastlabki o'nlikda bo'lishi kerak. O'z joyini yanada yaxshilab olishi uchun don Luchano "Yuventus" bilan jiddiy ravishda raqobat qilishi kerak. "Inter" esa bu ishni ushbu mavsumdayoq amalga oshirmoqchi.

38 Stefano Pioli


Mana dastlabki kutilmagan hol. Stefano yomon murabbiy emas, ammo uning oldingi natijalarini yoddan chiqarmaslik kerak. Murabbiy "Inter"ni "jar yoqasi"ga olib keldi, biroq keyinchalik bir imkoniyatdan unumli foydalanib ketdi. Uning "Fiorentina"si juda yoqimli o'yin ko'rsatmoqda, murabbiyning o'zi esa Keza va Milinkovich kabi yosh futbolchilarning guruhini rivojlantirishda davom etmoqda. Biroq, natijalar unchalik yaxshi emas. SHu boisdan uning kuchli murabbiylar ro'yxatiga kirishi - katta yutuq. "Fiorentina" kashfiyotlarni kashf qilishda anchagina kechikmoqda. Hozirda Pioli buni uddalashi mumkin.

35 Marko Jampaolo



Bunisi esa juda ham qiyini. Jurnalistlar "Sampdoriya" bosh murabbiyning uslubidan tasirlanib, uning qo'l ostidagi jamoaning nechinchi o'rinni qo'lga kiritganini yoddan chiqargan ko'rinadi. U ro'yxatda Luchano Spallettidan oldin ko'rinish bergani esa - bemanilik. Uni Mauricio Sarrining o'quvchisi deyishadi. Jampaolo Sarridan keyin "Empoli"da ishladi, shundan so'ng "Sampdoriya"da faoliyatini boshladi. U vaqtda genuyaliklar Evropa ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib borishi kutilgandi, biroq barchasi ham murabbiyning rejalari kabi o'tmadi. Lekin mutaxassis yana bir bora yosh ijrochilar bilan birga ishlab, ularni qimmat narxga sota olishini ko'rsatdi. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, u eng kuchli murabbiylar ro'yxatiga tushgan.

23 Jan Pero Gasperini


Gasperinining yuqori o'rinda turgani odamni qattiq ajablantiradi. Bir yil oldin uning "Atalanta"si butun bir Italiyani zir titratgandi. O'tgan mavsum esa unchalik yaxshi o'tmadi. Garchi etakchilarini yo'qotgan bo'lsa-da, "Atalanta" yakunda Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita oldi, Gasperini esa yoshlarni tarbiyalashda davom etmoqda. Mavsum yakunlariga ko'ra, qandaydir skautlar Bergamoga borib, yangi kadrlar izlashiga kamchilik ishonadi. Gasperini esa jamoada qolsa, bir yil ichida keladigan yangi futbolchilarni izlashi aniq. Yaxshi cikl, bu "Atalanta" rahbariyatiga yoqishi aniq.

18 Antonio Konte



Fikrimcha, bu ham adolatsiz o'rin. Katta ehtimol bilan uning nomi bunda muhim rol o'ynadi. Konte faqatgina Angliya kubogini yutdi, biroq chempionatda uning jamoasi juda yomon o'yin ko'rsatdi. "CHelsi" atigi 5-o'rinni qo'lga kiritdi, shu boisdan Antonio istefoga chiqdi. Aytilishicha, Konte "Real" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin. Biroq italiyalik murabbiyning o'zi Madrid jamoasiga juda ko'p talab qo'ymoqda. Demak, Konte yaqin vaqtlarda ishga qaytmaydi, "Real"ni esa kamtarin Solari boshqarib turadi. Nima bo'lgan taqdirda ham Konte tezroq biror klubda ko'rish juda ham qiziq bo'ladi. Umid qilamizki, italiyalik uzoq muddat bekorchi bo'lib qolmaydi.

13 Eusebio Di Franchesko



Nihoyat, qolganlarga qaraganda o'ziga munosib o'rinda turgan inson. "Roma" bosh murabbiyini birgina "Barselona"ga qarshi o'yinda amalga oshirilgan kambek uchun ham qo'ysa bo'ladi. Ha, umuman olganda Eusebio yangi sharoitlarga tezda ko'nikib keta oldi va yaxshi jamoa tuzdi. To'g'ri, hozirda "Roma" uchun qiyin davr o'tmoqda. Yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoada katta o'zgarishlar bo'ldi, Strootman va Nainggolan jamoani tark etdi. SHunday paytda bosh murabbiyining iqtidori "Roma"ga yordamga kelishi va jamoani bunday holatdan olib chiqishi kerak.

8 Mauricio Sarri


Tasirchan murabbiy "Yuventus" bilan oxirigacha kurashdi, biroq mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlagach, "CHelsi"ga ketdi va "tumanli albion"da ajoyib faoliyat olib bormoqda. Sarri yangi sharoitlarga tezda moslasha olgani va o'z odatlarini o'zgartirmangani yoqimli holat. Endi Kante tez-tez darvozalarga zarbalar berib turibdi. Azar esa istagan joyida, xohlagan ishini bajarmoqda, Jonjino "Napoli"dagi kabi "aristokratlar"ning o'yinini boshqarmoqda. Hali ham qurilayotgan "CHelsi" turnir jadvalida 3-o'rinda ketmoqda. Ayta olamizki, bu boshlanishi. Sarri Angliya futbolida grand jamoa tuzishga majbur, biroq buning uchun ozgina kutish kerak.

4 Massimiliano Allegri


Har doimgidek, Turinda hali ham CHempionlar ligasining sovrinini orzu qilishadi. Afsuski, "Yuventus" 1/4 finalda "Real"ga mag'lub bo'ldi. Ammo endilikda Allegrining omad tumori bor. U Ronaldu orqali barcha sovrinlarga ega chiqishi mumkin. CHempionatda Allegri barcha raqiblaridan bir bosh ustun ekanligini ko'rsata oldi va "Yuventus"ni g'alabalar yo'liga boshladi. Ko'pchilikning hisoblashichi, Allegri "Yuventus"da ishlashdan charchagan va jamoadan ketishni istaydi. Ammo Ronalduning bosh murabbiyi bo'lib, uning yordamida ECHL sovrinini qo'lga kiritish imkoniyatini rad etish - ahmoqlik bo'lardi. Allegri va "Yuventus" hozirgi holatida ECHLni yuta oladi.

Sergey Rumyancev
Kalcho bayrami: dunyoning eng kuchli murabbiylari ro'yxatida italiyalik 9 murabbiy
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram