Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi. Raqiblarimiz malum

OFK U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlash marosimini o'tkazdi.
Malumki, 2020 yil Tailandda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma beradi. Malumki, shu yilning qish faslida mazkur musobaqada O'zbekiston U-23 terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgandi.

Tailanddagi musobaqada kuchli uchlikka kirgan jamoalar yozda Olimpiada o'yinlariga boradi. OFK ushbu chempionatning saralash bosqichiga qura tashlash marosimini o'tkazdi. Saralash bosqichida jami 44ta jamoa qatnashadi. Terma jamoalar ikki mintaqaga bo'lingan: SHarq va G'arb. SHarqda 20ta, G'arbda esa 24ta jamoa final bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

Saralash bahslariga 12ta davlat mezbonlik qiladi. G'arb mintaqasidan: O'zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Eron, Bahrayn, Quvayt. SHarq mintaqasidan: Vetnam, Malayziya, Myanma, Kambodja, Timor-Leste, Mo'g'uliston.

Ko'rib turganingizdek, biz joy oladigan guruh o'yinlari O'zbekistonda o'tkaziladi. Saralash bosqichi 2019 yilning 22-26 mart kunlariga belgilangan. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasining vaqtincha murabbiyi Ravshan Haydarov hisoblanadi.







G'ARB MINTAQASI
"A" guruhi
Qatar (saralash guruhi mezboni)
Ummon
Nepal
Afg'oniston

"B" guruhi
Falastin
Bahrayn (saralash guruhi mezboni)
Bangladesh
SHri-Lanka

"C" guruhi
Iroq
Eron (saralash guruhi mezboni)
Turkmaniston
Yaman

"D" guruhi
Saudiya Arabistoni (saralash guruhi mezboni)
BAA
Livan
Maldiv orollari

"E" guruhi
Iordaniya
Suriya
Qirg'iziston
Kuvayt (saralash guruhi mezboni)

"F" guruhi
O'zbekiston (saralash guruhi mezboni)
Tojikiston
Hindiston
Pokiston



SHARQ MINTAQASI

"G" guruhi
KXDR
Gonkong
Singapur
Mo'g'uliston (saralash guruhi mezboni)

"H" guruhi
Janubiy Koreya
Avstraliya
Kambodja (saralash guruhi mezboni)
Xitoy Taypei

"I" guruhi
Yaponiya
Myanmar (saralash guruhi mezboni)
Timor Leste
Makao

"J" guruhi
Malayziya (saralash guruhi mezboni)
Xitoy
Laos
Filippin

"K" guruhi
Vetnam (saralash guruhi mezboni)
Tailand
Indoneziya
Bruney
U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi. Raqiblarimiz malum
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram