Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 13:31 – "Lester" Ispaniya terma jamoasida debyut golini urgan Mendes uchun 25 mln evro to'lashga tayyor 
  • 13:30 – Xayrulla Hamidov MOQ prezidenti maslahatchisi bo'ldi 
  • 13:29 – Neymar yozda "Barselona"ga qaytadi 
  • 13:27 – Kuper o'yindan keyin nimalar degan bo'lishi mumkin? 
  • 13:26 – Lopetegi yana terma jamoani boshqarishi mumkin 
  • 13:25 – "Barselona" 3 yil davomida "Liverpul" futbolchisini sotib ololmaydi 
  • 13:24 – Klublarni 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash reglamenti tayyor bo'ldi 
  • 13:23 – "Real" klubi "Inter" o'yinchisi uchun 60 mln evro to'lashga tayyor 
  • 13:22 – Anelli: "Uchinchi evrokubok 2024 yildan so'ng o'tkaziladi" 
  • 13:21 – Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqaradi 

Ertaga U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlanadi

Ertaga OFK yana bir musobaqaning saralash o'yinlariga qura tashlash marosimini o'tkazadi.
Malumki, 2020 yil Tailandda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma beradi. Malumki, shu yilning qish faslida mazkur musobaqada O'zbekiston U-23 terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgandi.

Tailanddagi musobaqada kuchli uchlikka kirgan jamoalar yozda Olimpiada o'yinlariga boradi. Ertaga OFK ushbu chempionatning saralash bosqichiga qura tashlash marosimini o'tkazadi. Saralash bosqichida jami 44ta jamoa qatnashadi. Terma jamoalar ikki mintaqaga bo'lingan: SHarq va G'arb. SHarqda 20ta, G'arbda esa 24ta jamoa final bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

Saralash bahslariga 12ta davlat mezbonlik qiladi. G'arb mintaqasidan: O'zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Eron, Bahrayn, Quvayt. SHarq mintaqasidan: Vetnam, Malayziya, Myanma, Kambodja, Timor-Leste, Mo'g'uliston.

Ko'rib turganingizdek, biz joy oladigan guruh o'yinlari O'zbekistonda o'tkaziladi. Saralash bosqichi 2019 yilning 22-26 mart kunlariga belgilangan. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasining vaqtincha murabbiyi Ravshan Haydarov hisoblanadi.
Ertaga U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlanadi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram