Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:29 – Allegri: "Ronaldu bir o'yinni o'tkazib yuboradi" 
  • 18:28 – Ispaniya. "Sevilya" kataloniyaliklarni mag'lub etdi 
  • 18:27 – Mourino uchun uning yana bir sobiq jamoasi kurash boshladi 
  • 18:27 – Osiyo Kubogi-2019 boshlanishiga 20 kun qoldi FOTO 
  • 17:20 – "Navbahor" Qrim va Turkiyada yig'in o'tkazadi 
  • 17:19 – Bugun "Liverpul" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi 201-uchrashuv bo'ladi 
  • 17:18 – Ko'richagi olib tashlangan "Tottenxem" futbolchisi 
  • 17:18 – Xavi: "Qatar JCHni o'tkazishga tayyor, mamlakatda futbol madaniyati bor" 
  • 17:17 – Pogba bugungi o'yin uchun tayyorgarlik ko'rib bo'ldi FOTO 
  • 17:16 – Osiyo Kubogi. Bugun raqibimiz Ummon Tojikiston bilan ikkinchi marta o'ynaydi 

Superliga: 29-tur laureatlari aniqlandi

Ananamizga muvofiq Superliga 29-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.
Tur o'yini - "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2

Superliganing 29-turi doirasidagi markaziy va qiziqarli bahs so'zsiz Toshkent derbisida kechdi.

Derbi maqomiga to'la mos va xos o'tgan bahsa muxlislar aslo zerikib qolishmadi. Hujumkor ruhda o'tgan o'yinda g'olib nomi aniqlanmagan bo'lsada, stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar to'rtta gol guvohiga aylanishdi. Dastlab "Loko" to'purari Marat Bikmaev tomonidan kiritilgan gol o'yindagi hisobni ochdi. Keyinchalik Aziz Haydarov uzoqdan ajoyib zarbasi orqali muvozanatni tikladi - 1:1.

Tanaffusdan keyin ham tomonlar bittadan to'p kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Sardor Sobirxo'jaev tomonidan kiritilgan golga "Loko" Oleg Zoteev javob qaytardi. Natijada jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi.

Mazkur uchrashuv shubhasiz turning eng yaxshi o'yini etirofiga loyiq ko'rildi.



Tur muxlislari - yo'q

Muxlislik qilish madaniyati va stadionga tomoshabinlar tashrifi pasayib ketgani uchun ham mazkur nominaciyani hech kimga bermaslikka qaror qildik.



Tur hakami - Olim To'ychiboev

Superliganing 29-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - AGMK uchrashuvida ishlagan Olim To'ychiboev o'yinni bexato boshqardi.

Uchrashuv davomida o'yin nazoratini ushlab turgan hakam natijaga tasir etuvchi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. Qolgan hamkasblaridan nisbatan yaxshi ishlagan mazkur referi bu gal turning eng yaxshi hakam nominaciyasida g'olib deb topildi.



Tur matbuot xizmati - "Nasaf"

Mazkur turda "Nasaf" matbuot xizmati ancha samarali va operativ ishladi. "Nasaf" matbuot xizmati xodimlari o'rinbosarlar va asosiy jamoa o'yinlarini birdek yaxshi saviyada yoritishdi. Suratlar, o'yinga prevyu, uchrashuv tugaganidan so'ng murabbiy va futbolchilar fikrlari o'z vaqtida chop etildi. O'yin oldidan, o'yin boshlanishi va uchrashuvdan keyin "qaynoq" suratlar taqdim etishda ham "Nasaf" ancha ildamlab ketgan. SHu boisdan "Nasaf" matbuot xizmati mazkur turda eng yaxshi deya etirof etildi.



Tur iqtibosi: "Qolgan uchta bahs "Neftchi" uchun finalga teng"

"Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng qolgan o'yinlarlarni finalga qiyosladi.

"Oldindagi barcha o'yinlarda faqat g'alaba bizni qoniqtiradi. Ushbu bahslar finalga teng. Ortga yo'l qolmadi. Agar mavsumning qolgan hamma bahslarini g'alaba bilan yakunlasak, “Neftchi” jamoasi chempionatda qolishga haqli", - dedi Bahrom Haydarov.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" ayni paytda Superliganing jon saqlab qolish uchun kurashayotgan oltitaligida 17 ochko jamg'argan holda oxirgi pog'onada bormoqda.



Tur goli - Aziz Haydarov

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Azizbek Haydarovning "Lokomotiv" darvozasiga kiritgan super goli so'zsiz turni bezab berdi.

"Lokomotiv"ga qarshi bahsda chamasi 25-27 metrlar masofadan darvozaning yuqori o'tkir burchagini ko'zlagan Aziz Haydarovning kuchli zarbasi chiroyli golga aylandi. Ushbu gol shubhasiz turning eng chiroyli goli deya etirofga loyiq ko'rildi.



Tur darvozaboni - Sanjar Quvvatov

"Nasaf" kiperi Sanjar Quvvatov mazkur turda o'z darvozasini dahlsizligini ishonchli saqladi.

"Neftchi"ga qarshi bahsda "Nasaf" darvozaboni Sanjar Quvvatov bir necha vaziyatda xavfli zarbalar yo'lig'a tug'anoq bo'ldi va uchrashuv davomida o'z hududini munosib himoya qilishga erishdi. SHu tariqa Sanjar Quvvatov turning eng yaxshi darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi.



Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev

"Nasaf"ning mazkur turda ishonchli g'alaba va ko'rsatgan o'yinida jamoa ustozi Ro'ziqul Berdievning mehnati va imzosi juda katta.

Qarshida "Neftchi" nafaqat mag'lub etildi, balki butun o'yin davomida mezbonlar juda katta ustunlikka egalik qilishdi. Ayni paytda "Nasaf" nafaqat natija borasida, balki o'yin jihatidan ham ancha mazmunli va chiroyli futbol ko'rsatmoqda. SHu boisdan ham turning eng yaxshi murabbiyi deya Ro'ziqul Berdiev etirof etildi.



Tur futbolchisi - Ismoil Gonsalvesh

"Paxtakor" hujumchisi Ismoil Gonsalvesh Superliganing 29-turida "Buxoro"ga qarshi kechgan bahsda jamoasiga g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

O'yin davomida o'z dublini rasmiylashtirgan Gonsalvesh "Paxtakor"ning Buxorodagi g'alabasini rasmiylashtirishda juda katta ko'makchi bo'ldi. SHuningdek, legioner futbolchi ushbu gollari bilan to'purarlik poygasida ham o'z takibchilaridan yana ilgarilab ketdi. Mazkur turda 1tadan ko'p gol urgan yagona futbolchiga aylangan Gonsalvesh tur futbolchisi deya etirof etildi.



Tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Himoyachilar: Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), G'olib G'aybullaev ("Nasaf"), Abbos Otaxonov ("Metallurg"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor")
Yarim himoyachilar: Oybek Nurmatov ("So'g'diyona"), SHarof Muhitdinov ("Nasaf"), Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor")
Hujumchilar: Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor"), Jasur Hakimov ("Qo'qon-1912"), Islom Isoqjonov ("Metallurg")
Superliga: 29-tur laureatlari aniqlandi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram