Gvardiola: "Uembli"dagi sharoit futbol uchun mos emas"
- 30.10.2018, 14:49,
- Yangiliklar / Foto
- 0
673
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi APLning 10-tur uchrashuvidan (1:0) so'ng, "Uembli" stadioni chimiga baho berdi.
O'yin vaqtida Londondagi stadion chimi juda harob holatda edi. Maydon markazida amerikancha futbol logotipi Milliy futbol ligasi (NFL) surati ko'rinib turardi. 28 oktyabr kuni bu arenada "Filadelfiya Iglz" va "Jeksonvill Yaguars" o'yini bo'lib o'tgan.
"Jismoniy jihatdan Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi qiyin sharoitda to'p tepdik. Ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Kelajakda bu tomonlama o'sishga erishamiz deb umid qilaman.
Bunday sharoitda futbol o'ynab bo'lmaydi. Bu Premer-liga va "Tottenxem"ga murojaat. Ular bu muammoni hal qilishadi deb o'ylayman" - deydi Gvardiola.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
