Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

Ertaga U-19 Osiyo chempionati start oladi

Ertaga Indoneziyada yana bir qiziqarli musobaqaga start beriladi.
Osiyo o'yinlari va Paralimpiya o'yinlaridan so'ng Indoneziya futbol bo'yicha U-19 musobaqasini ham o'zida o'tkazadi. Ushbu musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli to'rtlikka kirgan jamoalar kelasi yil Polshada bo'lib o'tadigan U-20 jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.

Ishtirokchi jamoalar

"A" guruhi - Indoneziya, BAA, Qatar, Xitoy Taypeyi
"V" guruhi - Yaponiya, Iroq, Tailand, KXDR
"S" guruhi - Vetnam, Janubiy Koreya, Avstraliya, Iordaniya
"D" guruhi - Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Xitoy, Malayziya

O'yinlar qaysi stadionda bo'ladi?

4 noyabrga qadar davom etadigan U-19 Osiyo chempionati uchta stadionda o'tkaziladi. Bahslar Jakartadagi "Gelora Bung Karno", "Patriot Kandrabxaga" va "Pakansari" o'yingohlarida bo'lib o'tadi. Musobaqaga ertaga, 18 oktyabr kuni BAA - Qatar uchrashuvi bilan start beriladi. U-19 Osiyo chempionatining hal qiluvchi final o'yini 4 noyabrda "Pakansari" stadionida o'tkaziladi.

Musobaqaning qisqacha tarixi

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ilk bor 1959 yilda o'tkazilgan bo'lib, bunda Janubiy Koreya g'olib chiqqan. Koreyaliklar musobaqa tarixida jami 12 marta yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lishgan. 2008 yildan boshlab musobaqaga rasman U-19 Osiyo chempionati nomi berilgan va har ikki yilda o'tkazib kelinadi. Indoneziyada o'tkaziladigan navbatdagi turnir 40-musobaqa sifatida tarixdan joy oladi.

Ertaga U-19 Osiyo chempionati start oladi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram