Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:50 – Arsen Venger qachon ishga qaytishini malum qildi 
  • 17:52 – "Milan" sobiq egasiga Xitoyni tark etish taqiqlandi 
  • 17:21 – "Barselona" o'zi sotib yuborgan futbolchini qaytarmoqchi 
  • 17:20 – "Real" "Barselona"ning yanvardagi o'yini Mayamida o'tkazilishiga qarshi 
  • 15:23 – Intervyu. Andrey SHevchenko: “Ukraina 2020 yilgi Evropa chempionatiga chiqmoqchi” 
  • 15:23 – "CHelsi" va "Real" etakchilarini almashadimi? 
  • 15:22 – "Milliy"da o'ynay olmayotgan milliy terma jamoa 
  • 15:21 – Skoulz: "Manchester Yunayted" xatto Messi bilan ham o'ynab keta olmaydigandek tasavvur uyg'onyapti" 
  • 15:20 – Ertaga U-19 Osiyo chempionati start oladi 
  • 15:19 – Fabregas Ginnes rekordlari kitobiga kirdi 

O'zPFL Osiyoda Yilning eng yaxshi futbol ligasi bo'lish uchun davogarlar safidan o'rin oldi

SHu yilning 19-20 noyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo sport sanoati konferenciyasi bo'lib o'tadi.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi mazkur konferenciya yakunida topshiriladigan Yilning eng yaxshi futbol ligasi mukofoti uchun nomzod mamlakatlar nomini elon qildi. Yilning eng yaxshi futbol ligasi 2 ta yo'nalish bo'yicha tanlab olinadi. Osiyoning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi uchun 10 ta nomzod mamlakat ichidan O'zbekiston Professional Futbol Ligasi ham o'rin oldi. Qitamizning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi nomi uchun Avstraliya, Xitoy, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Tailand, BAA hamda O'zbekiston ligalari davogarlik qilmoqda.

SHuningdek, Osiyoning eng yaxshi rivojlanayotgan ligasi nomi uchun ham 10 ta nomzod mamlakat elon qilindi. Butan, Guam, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Qirg'iziston, Filippin, Singapur, Tojikiston hamda Vetnam rivojlanayotgan liga nomi uchun davogarlik qilishadi.

Qayd etish joizki, ushbu 2 ta yo'nalish bo'yicha eng yaxshi liga maqomi uchun nomzodlar OFK tomonidan ligada tashkiliy va boshqaruvni to'g'ri yo'lga qo'yish, chempionatni yaxshi saviyada o'tkazish borasida qitada boshqa ligalardan ko'ra yaxshiroq natija qayd etayotgan mamlakatlar ichidan tanlab olindi.

Nomzodlar tanlanishida asosan menejment, marketing, moliya, o'yinlar tashkiliy tomonlari hamda ularning OAV tomonidan keng ko'lamda yoritilishi borasida o'sishga erishayotgan tashkilotlar yutuqlari inobatga olindi.

Osiyoning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi hamda Osiyoning eng yaxshi rivojlanayotgan ligasi yo'nalishlari bo'yicha g'oliblarga mukofot 19-20 noyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo sport sanoati konferenciyasi paytida topshiriladi.
O'zPFL Osiyoda Yilning eng yaxshi futbol ligasi bo'lish uchun davogarlar safidan o'rin oldi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram