Franciyaning France Football jurnali “Oltin to'p” sovriniga davogar 30 futbolchining to'liq ro'yxatini elon qildi.
Ushbu nashr kun davomida har ikki soatda besh nafardan davogarlarni elon qilib bordi. Yakuniy ro'yxat esa mana shunday ko'rinishga ega:
Birinchi beshlik: Serxio Aguero («Manchester Siti», Argentina), Alisson («Liverpul», Braziliya), Garet Beyl («Real», Uels), Karim Benzema («Real», Franciya), Edinson Kavani («PSJ», Urugvay).
Ikkinchi beshlik: Tibo Kurtua («Real», Belgiya), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya), Roberto Firmino («Liverpul», Braziliya), Diego Godin («Atletiko», Urugvay).
Uchinchi beshlik: Antuan Grizmann («Atletiko», Franciya), Eden Azar («CHelsi», Belgiya), Isko («Real», Ispaniya), Xarri Keyn («Tottenxem», Angliya), Ngolo Kante («CHelsi», Franciya).
To'rtinchi beshlik: Ugo Loris («Tottenxem», Franciya), Mario Manjukich («Yuventus», Xorvatiya), Sado Mane («Liverpul», Senegal), Marselo («Real», Braziliya), Kilian Mbappe («PSJ», Franciya).
Beshinchi beshlik: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Luka Modrich («Real», Xorvatiya), Neymar («PSJ», Braziliya), Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya), Pol Pogba («Manchester Yunayted», Franciya).
Oltinchi beshlik: Ivan Rakitich («Barselona», Xorvatiya), Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Muhammad Saloh («Liverpul», Misr), Luis Suares («Barselona», Urugvay), Rafael Varan («Real», Franciya).
Malumot uchun, “Oltin to'p” sohibi 3 dekabr, dushanba kuni elon qilinadi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно