Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

Mauricio Sarri: "Agar Morata har bir goldan so'ng yig'lashni istasa, uning ko'z yoshlarini ko'proq ko'rmoqchiman"

"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Vidi"ga qarshi Evropa ligasi uchrashuvidan (1:0) so'ng, forvard Alvaro Morataning goli va terma jamoaga chaqirilgan Ross Barkli haqida gapirdi.
"Morata uchun xursandman. U gol urishi muhim edi, ammo o'yinni yaxshi o'tkazish bundanda zarurroq bo'lgandi. Ushbu bahs unga ishonch bag'ishlaydi. Bazida gol urasan, bazida yo'q, ammo foydali o'yin ko'rsatish muhimroq.

Ayni damda hujum chizig'imizda Morata va Jiru o'ynayapti. Har uch kunda uchrashuv o'tkazishimizni hisobga olsak, ularning ikkisi ham o'z roliga ega bo'ladi. Agar Morata har bir goldan so'ng yig'lashni istasa, iloji boricha ko'proq uning ko'z yoshlarini ko'rmoqchiman.

Barkli terma jamoaga chaqirildi. U uchun xursandman. O'tgan mavsum unda jiddiy jarohat bor edi. Endi u o'yindan-o'yinga jismoniy holatini tiklab bormoqda" - deydi Sarri.
Mauricio Sarri: "Agar Morata har bir goldan so'ng yig'lashni istasa, uning ko'z yoshlarini ko'proq ko'rmoqchiman"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram