Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:12 – PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi 
  • 18:11 – Ektor Kuper: "Osiyo kubogidagi maqsad - chempionlik" (Intervyu 
  • 18:11 – Kutilmagan yangilik! Arda Turanning Turkiyadagi to'ntarishlarga aloqasi bo'lishi mumkin 
  • 16:03 – Rubin evrokuboklardan ikki yilga chetlatildi 
  • 16:02 – Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi 
  • 16:01 – PSJ 2019 yilning yozida Neymarni sotishga tayyor bo'ladi 
  • 16:00 – Bugun O'zbekiston chiqa olmagan U-19 Osiyo chempionati boshlanadi 
  • 14:22 – Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi 
  • 14:21 – Iguain: "Meni "Yuventus"dan haydab yuborishdi, ammo qasos o'tida yonmayapman" 
  • 14:20 – Yozda "Barselona"ga o'tgan yarim himoyachi qishda klubni tark etmoqchi 

Ilhom Mo'minjonov: "Kanchelskis keladi? Buni sizdan eshitdim"

"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Haqli ravishda yutqazdik. Himoyadagi qo'pol xatolar tufayli imkoniyatni boy berdik. Hujum chizig'ida ham vaziyatlardan foydalana olmadik", - deydi Ilhom Mo'minjonov.

- Bugun jamoadagi oxirgi o'yiningiz va "Navbahor"ga Andrey Kanchelskis kelishi haqida xabar chiqdi. Bunga munosabatingiz?
- Buni sizdan eshitayapman. "Navbahor"ga befarq emasman, balki 4 yil ishlarman, balki 5 yil ishlarman, balki keyingi haftagacha ishlarman. Bu xabarni hozir sizdan eshitdim

- Ro'zimboy Ahmedov uzoq tanaffusdan keyin asosiy tarkibda maydonga tushdi. Buni nima bilan bog'laysiz?
- Ro'zimboy bilan o'zimizning ichki ishimiz. Buni silarga oshkor qila olmayman. Azamat Allaniyozov bugungi kunda gipsda. Bugun ikki nafar hujumchining xizmatlaridan foydalandik.

- Ro'zimboy Ahmedov bilan bo'lib o'tgan voqea jamoa muhitiga tasir qildimi?
- O'ylashimcha tasir qilmadi. Bugun "Bunyodkor" haqli ravishda g'olib bo'ldi. Futbolchilarim professional.

- "Navbahor" o'z uyida sizning qo'l ostingizda umuman yutqazmadi. Lekin safarda natijalar teskari...
- Safardagi mag'lubiyatlarda murabbiy aybdor bo'ladi. Mavsum boshida ham aytganman, safarda g'alaba qozona olmayapmiz. Oldindagi 7ta turdan 4tasini safarda o'tkazamiz. Agar mehmonda ochko ololmasak chempionlikka davogarlik qila olmaymiz.

Ilhom Mo'minjonov: "Kanchelskis keladi? Buni sizdan eshitdim"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram