Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:12 – PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi 
  • 18:11 – Ektor Kuper: "Osiyo kubogidagi maqsad - chempionlik" (Intervyu 
  • 18:11 – Kutilmagan yangilik! Arda Turanning Turkiyadagi to'ntarishlarga aloqasi bo'lishi mumkin 
  • 16:03 – Rubin evrokuboklardan ikki yilga chetlatildi 
  • 16:02 – Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi 
  • 16:01 – PSJ 2019 yilning yozida Neymarni sotishga tayyor bo'ladi 
  • 16:00 – Bugun O'zbekiston chiqa olmagan U-19 Osiyo chempionati boshlanadi 
  • 14:22 – Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi 
  • 14:21 – Iguain: "Meni "Yuventus"dan haydab yuborishdi, ammo qasos o'tida yonmayapman" 
  • 14:20 – Yozda "Barselona"ga o'tgan yarim himoyachi qishda klubni tark etmoqchi 

Eshitdik-da! "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi "Navbahor" bosh murabbiyi bo'ladi

Rossiyalik taniqli futbolchi Andrey Kancheslskis murabbiylik faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradigan ko'rinadi.
Eshitishimizga qaraganda, o'z vaqtida "Manchester Yunayted", "Everton", "Fiorentina", "Manchester Siti" kabi klublarda o'ynagan Kanchelskis Namanganning "Navbahor" klubi bosh murabbiyi bo'lishga yaqin turibdi.

Bugun bo'lib o'tgan "Bunyodkor"ga qarshi o'yin "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov uchun katta ehtimol bilan so'nggi bahs bo'ldi va uning o'rnini rossiyalik mutaxassis egallashi kutilmoqda.



Andrey Antanasovich Kanchelskis
Tug'ilgan sanasi: 1969 yil 23 yanvar
Tug'ilgan joyi: Kirovograd, Ukraina
Fuqaroligi: Rossiya
Futbolchilikdagi faoliyati: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: "Zvezda", "Dinamo Kiev", "SHaxtyor", "Manchester Yunayted", "Everton", "Fiorentina", "Reyndjers", "Manchester Siti", "Sautgempton", "Al Xilol", "Saturn", "Krilya Sovetov"

Sobiq ittifoq terma jamoasida 17ta o'yin o'tkazib 3ta gol urgan. MDH terma jamoasida 6ta o'yin o'tkazgandi. Rossiya terma jamoasida 36ta uchrashuv o'tkazib, 4ta gol urgan.

Boshqargan jamoalari: "Torpedo-Zil", "Ufa", "Volga", "Yurmala", "Solyaris".

Yutuqlari: Sobiq Ittifoq chempionati bronza medali (1989), Sobiq Ittifoq Kubogi (1990), Evropa Superkubogi (1991), Angliya chempioni (1993, 1994), Angliya kubogi (1994), Angliya liga kubogi (1992), Angliya Superkubogi (1993, 1994), SHotlandiya chempioni (1999, 2000), SHotlandiya kubogi (1999, 2000, 2002), SHotlandiya liga kubogi (1999, 2002), Saudiya Arabistoni kubogi (2003), Yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati g'olibi (1990).





Eshitdik-da! "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi "Navbahor" bosh murabbiyi bo'ladi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram