Futzal. O'zbekiston terma jamoasi bugun Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
- 01.02.2018, 09:15,
- Yangiliklar
- 0
1 151
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun, 1 fevral kuni Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
“B” guruhidan joy olgan O'zbekiston dastlab Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.
O'yinoldidan o'tkazilgan rasmiy tadbirda tomonlar qanday liboslarda o'ynashini kelishib olishdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari ko'k rangli liboslarda, koreyaliklar esa oq rangli formalarda o'ynashadi.
Ushbu guruhdan o'rin olgan yana bir o'yinda Yaponiya va Tojikiston termalari o'zaro bahs olib boradi. Har ikki o'yin University of Taipei Gymnasium sport majmuasida o'tkaziladi.
Futzal. Osiyo chempionati
“B”guruhi, 1-tur
1 fevral, payshanba
13:30 O'zbekiston – Janubiy Koreya
16:00 Yaponiya – Tojikiston
Eslatma: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
