Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:12 – PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi 
  • 18:11 – Ektor Kuper: "Osiyo kubogidagi maqsad - chempionlik" (Intervyu 
  • 18:11 – Kutilmagan yangilik! Arda Turanning Turkiyadagi to'ntarishlarga aloqasi bo'lishi mumkin 
  • 16:03 – Rubin evrokuboklardan ikki yilga chetlatildi 
  • 16:02 – Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi 
  • 16:01 – PSJ 2019 yilning yozida Neymarni sotishga tayyor bo'ladi 
  • 16:00 – Bugun O'zbekiston chiqa olmagan U-19 Osiyo chempionati boshlanadi 
  • 14:22 – Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi 
  • 14:21 – Iguain: "Meni "Yuventus"dan haydab yuborishdi, ammo qasos o'tida yonmayapman" 
  • 14:20 – Yozda "Barselona"ga o'tgan yarim himoyachi qishda klubni tark etmoqchi 

Karrager: "Mourinyu ketganidan so'ng Pogbaning o'yini o'zgarmaydi, u o'zi o'ylayotganidek kuchli emas"

"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyu va Pol Pogba o'rtasidagi kelishmovchilik haqida fikr bildirdi.
"Agar hozir Mourinyu va Pogbadan birini tanlash kerak bo'lganida, Joze foydasiga qaror chiqargan bo'lardim. Ularning ikkisi ham bir vaqtda MYUga kelgan. O'ylashimcha Mourinyu klub uchun Poldan ko'proq ish qildi. Ko'pchilikning fikricha, agar Joze ketsa hamma boshqa Pogbani ko'radi. "Yunayted" muxlislari, ishoning, bunday bo'lmaydi. Ikki yil yaxshi o'yin ko'rsata olmagan futbolchi murabbiy ketishi bilan o'zgarib qolmaydi. Pogba qanday harakat qilishini ko'rdik. U o'zi o'ylayotganidek kuchli emas. To'g'ri, Polda iqtidor bor, ammo u o'yinni tushunishda muammolarga duch keladi. U kelganidan beri hech narsa o'zgarmadi.

Pogbaning MYUdagi faoliyatini so'nggi ikki uchrashuvda ko'rish mumkin. U "Yang Boyz"ga qarshi bahsda o'z o'yinini ko'rsatdi va ajoyib gol urdi, biroq "Vulverxempton" bilan uchrashuvda markazda to'pni yo'qotib qo'ydi, himoyaga yordam bermay qo'ydi va jamoa gol o'tkazib yubordi" - deydi Karrager.
Karrager: "Mourinyu ketganidan so'ng Pogbaning o'yini o'zgarmaydi, u o'zi o'ylayotganidek kuchli emas"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram