Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:16 – Nazorat uchrashuvi: So'g'diyona 2-2 Oq tepa 
  • 15:06 – Transfer. MYU Aleksis uchun 28 mln. evroga bir futbolchini qo'shib beradi. U kim? 
  • 15:05 – O'zbekiston U-23 chorak finalda Yaponiya bilan o'ynaydi 
  • 13:52 – Obameyang "Borussiya" mashg'ulotlariga qaytdi 
  • 13:50 – Jalil Kimsanov: Futbolimizdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlayman 
  • 13:50 – Sanches MYUga o'tishga rozi bo'ldi. Endi Mxitaryan "Arsenal" bilan shartnomaga rozilik berishi kerak 
  • 13:03 – Jerar Ulening "Liverpul"dagi falsafasi qanday bo'lgan? 
  • 12:51 – "Barselona". Maskeranoning transferi deyarli amalga oshdi, qolganlarda nima gap? 
  • 12:23 – Umid Ahmadjonov: "Terma jamoaning yangi murabbiyni ko'rgach, xalqimiz albatta xursand bo'ladi" 
  • 11:37 – "Arsenal" Obameyangni sotib olishiga shubha qilmayapti 

“So'g'diyona” mavsumga tayyorgarlik davom etmoqda. Yig'inga yangi qo'shilganlar bor


Xozirda Aleksandr Mochinov qo'l ostida “So'g'diyona” futbolchilari navbatdagi
mavsumga tayyorgarlikni Jizzaxda davom ettirishmoqda.

O'tkan mavsumda “O'zbekiston kubogi” uchrashuvlari doirasida “Orol” jamoasi
safida “So'g'diyona”ga qarshi to'p surgan hamda ushbu jamoaga bosh murabbiy bo'lib
ishlagan Temur To'rdiev endilikda Aleksandr Mochinovga yordamchi murabbiy
vazifasini bajarmoqda. Mashg'ulotlar zamonaviy va qiziqarli tarzda olib
borilmoqda. Ertalabki mashg'ulot futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga
qaratilgan bo'lsa,kechki mashg'ulotda futbolchilar qo'proq to'p bilan mashqlar
bajarishadi.

Ana edi yangi kelganlar haqida.

O'tkan mavsumda “Metallurg” jamoasida mazmunli o'yinlarni qo'rsatgan Doniyor
Odilov,Dilmurod Karimovlar, “Neftchi ” dan Otabek Xaydarov, “Obod”dan Obid
Hakimov va Farxod Miraxmatovlar va yana bir qator futbolchilar mashg'ulotlarda faol
ishtirok etmoqda. “Dinamo” jamoasidan kelib qo'shilgan va jamoamiz safida bir
nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan Shoxrux Xolmatov xorij klubidan
taklif olganligi sababli jamoa lagerini tark etdi.

Yana bir muhim xabar! O'tkan masumda esda qolarli harakatlari bilan Jizzaxlik
muhlislarni mehrini qozongan Ixtiyor Toshpo'latov yana “So'g'diyona”da.

Shuningdek, Shirinboy Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Sherzod Jalilov, Shoxrux
Dostonov, Azamat Isroilov ,Elyor Orifov, Sardor Eminov ,Sardor Qulmatovlar
bilan shartnoma muddati uzaytirildi.

Mashg'ulotlar xozircha Jizzaxda davom etmoqda . Belgilangan rejaga ko'ra yig'inning
ikkinchi yarmi Toshkentda davom ettiriladi.Toshkentdagi yig'in davomida bir qancha
jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan hamda bir nechta
futbolchilarning kelishi kutilmoqda. Ular haqida keyinroq rasmiy manbalarimiz
orqali batafsil ma'lumot beramiz.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: “So'g'diyona” matbuot xizmati
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram