Pellegrini: "Uilshir Pirloga o'xshaydi"
- 24.08.2018, 16:23,
- Yangiliklar
- 0
648
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
"Vest Xem" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini London klubi yarim himoyachisi Jek Uilshirni Andrea Pirloga tenglashtirdi.
"To'rt-besh yil avval "Yuventus" Pirlo atrofida jamoa tuzganini ko'pchilik bilsa kerak. Uilshir va Pirlo bir xil sifatlarga ega.
Uilshir himoyaga moslashgan yarim himoyachi emas. Ammo u to'pni o'z maydonida qabul qilishni xush ko'radi. U raqib darvozasi oldida hujumkor futbolchi bo'lishi shart emas.
Jek hali yanada kuchliroq o'yin ko'rsatadi, u bor-yo'g'i 26 yoshda. Yarim himoyachi jarohatlar tufayli muammolarga uchragan bo'lishi mumkin. Ammo hozir u o'ziga ishonishi muhim" - deydi Pellegrini.
"Vest Xem" APLning 3-turida "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
