Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:11 – Neymarning «Real»ga qachon o'tishi malum bo'ldi 
  • 22:09 – Yaponiya U-23 haqida nimalar bilamiz? 
  • 21:31 – Zidanga bu safar Ronalduning xizmatlari kerak emas 
  • 21:31 – O'zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy kim bo'lishi deyarli aniq 
  • 21:31 – "Real" va yana bir klub Neymar uchun 500 mln taklif qilishmoqda 
  • 21:30 – Arda Turanning transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar 
  • 21:30 – AGMK ustozlariga Daniyadan kelgan futbolchi yoqmadi 
  • 21:28 – «Uni sotib olish uchun oxirgi kiyimimni ham bergan bo'lardim». Haynkes Evropaning yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi 
  • 21:27 – "Barselona" posboni: "Jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish uchun ko'p ishlayapman" 
  • 21:26 – Umid Ahmadjonov - Milliy olimpiya qo'mitasi yangi prezidenti 

Zidanning so'nggi imkoniyati...

Ispaniya chempionatida birinchi davraning so'nggi tur uchrashuvlari boshlandi
Ushbu turning ilk uchrashuvida "Xetafe" "Malaga"ni 1:0 hisobida taslim etdi, bugun esa LaLiganing 4ta bahsi bo'lib o'tadi.

"Jirona" - "Las-Palmas"
Kataloniyaning LaLigadagi yangi jamoasi uydagidan ko'ra mehmonda ko'proq ochko yig'di (11-12). Ammo bu jamoa uyda yutqizib beradiganlardan emas. Buning ustiga mehmon autsayder bo'lsa, uladan ochko olmaslik gunoh bo'ladi. "Las-Palmas" hozircha Segundaga tushib ketgani yo'q, ammo "kanareykalar" bunday tarkib bilan uyida bo'lmagan bahslarda juda kuchsiz. "Palma" "Gran Kanariya"da (stadion) chuqur nasaf olmoqda, ammo boshqa arenalarda esa ularga havo etishmay qolmoqda... "Las-Palmas" Kataloniyada ochko olishi qiyin bo'ladi


"Real" - "Vilyarreal"
"Qirollik klubi"ning hozirgi holatini hisobga olsak, bu Zinedin Zidan uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Buning ustiga, "qaymoqranglilar" CHempionlar ligasida PSJga to'qnash kelgan. Agar madridliklar bu uchrashuvda ham avvalgi ikki o'yindagidek muvaffaqiyatsizlikka uchrasa "Real" LaLiga g'olibligi haqida emas, kuchli uchlikka kirish haqida o'ylashiga to'g'ri keladi. Buning ustiga, Zidanning jamoada ketishi borasida mish-mishlar ham avj olishi hech gap emas. "Bernabeu"dagi to'qnashuv 19-turning markaziy o'yini hisoblanadi. "Qirollik klubi"ga g'alaba suv va havodek muhim. "Real"ga shunchaki 3 ochko emas, muxlislarni ishontira oladigan o'yin kerak, shundagina Madrid klubi murabbiylar shtabida "qon to'kilmaydi". Bunday vazifani bajarish uchun juda noqulay raqib - "Vilyarreal" to'g'ri keldi. "Sariq suvosti kemasi" mavsum boshidan beri mehmondagi to'rtta uchrashuvda mag'lub bo'lganiga qaramay, so'nggi ikki o'yinda "Selta" va "Valensiya"ga imkoniyat qoldirmadi. "Vilyarreal" bu uchrashuvda ochko olishi juda qiyin, sababi - mezbon bu bahsda bor kuchini ishga solishi aniq. Biroq "sariq suvosti kemasi" yirik hisobda mag'lub bo'lmaydi.


"Eybar" - "Atletiko"
"Eybar" ushbu uchrashuvgacha ketma-ket 5ta bahsda mag'lub bo'lgani yo'q, "Atletiko" esa to'rtta. Bu fakt "qurol-aslahachilar"da g'alaba uchun imkoniyat katta degani emas. "Eybar"ning bir ochko olishiga ham ishonish qiyin. "Espanol"ga qarshi o'yindagi omadsizlikdan so'ng Diego Simeone jamoasi o'zini qo'lga oldi va ketma-ket uchta bahsda g'alaba qozonib, bitta ham gol o'tkazgani yo'q. "Qurol-aslahachilar"ning hujum chizig'i qo'rqinchli emas, ammo uyda devorlar ham yordam beradi, biroq "matraschilar" 3 ochko bilan uyga qaytishining ehtimoli katta.


"Deportivo" - "Valensiya"
"Ko'rshapalaklar" mehmondagi ketma-ket 3ta g'alabasi seriyasini o'zgartirish vaqti keldi. So'nggi xatolar Marselino Toral jamoasining chempionlik uchun kurashdan chiqarib yubordi va kuchli uchlikka kirish imkoniyatlarini pasaytirdi. To'g'ri, turnir jadvalida "Real" "Valensiya"dan pasda bo'lishi mumkin, ammo "Blankos"da zaxira o'yini borligini ham unutmaslik kerak. "Ko'rshapalaklar" bu bahsda g'alaba qozona olishadi, biroq darvozani quruq saqlashlari qiyin bo'ladi. "Turklar" esa uyda o'tgan so'nggi 5ta o'yinning 4tasida kamida 1ta gol urishgan.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram