Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 08:55 – Mourino MYU rahbariyatidan Marsyalni sotishni talab qilmoqda 
  • 08:53 – CHempionlar ligasi. BATE mag'lub bo'ldi, "Benfika" esa o'z uyida g'alaba qozona olmadi 
  • 08:53 – "Barselona" Raboga yiliga 10 mln evro to'lamoqchi 
  • 08:52 – Man Siti o'z himoyachisini Franciyaga sotdi 
  • 08:51 – Yuventus uchinchi formasini namoyish etdi FOTO 
  • 08:50 – Borussiya Liverpul hujumchisini ijaraga olmoqchi 
  • 08:50 – Messi va Ronaldu. Ikki xil kayfiyat FOTO 
  • 08:49 – Bekxem UEFAdan prezident sovrinini oladi 
  • 08:48 – Krilya Sovetov bosh direktori: Denisov – istalgan klubga foyda keltira oladi 
  • 08:47 – Real o'z futbolchisini ijaraga berdi 

Yorqin Nazarov: “Surxon”ni yigitlarning shijoati evaziga mag'lub etdik”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha PRO-Liga “A” guruhining 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi Termizga safar uyushtirib, musobaqa etakchilaridan biri bo'lgan “Surxon”ni 3:1 hisobida mag'lub etib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otdi. Uchrashuv yakunlangach, “SHo'rtan” bosh murabbiyi Yorqin Nazarovdan saytimiz uchun intervyu oldik.

- Yorqin aka, avvalo safarda “SHo'rtan”ni qo'lga kiritgan muhim g'alabasi bilan tabriklaymiz. Aytingchi jamoangiz Termizdan nimani hisobiga g'alaba bilan qaytdi?

- Tabrik uchun rahmat. O'z navbatida men ham safarda qo'lga kiritilgan muhim va ishonchli g'alaba bilan G'uzor ahlini tabriklayman. Muxlislarning jamoaga bo'lgan ishonchini qaytarish uchun kelgusida ham astoydil ishlashga xarakat qilamiz. O'yinga keladigan bo'lsak, maydonda teng kurash kechdi. Raqibimiz “Surxon” jamoasi chempionat peshqadamlaridan biri ekanligini juda yaxshi bilardik. SHunga monand taktika ishlab chiqib, yigitlarni shu yo'sinda uchrashuvga tayyorladik. SHogirdlarim berilgan ko'rsatmalarni 90-95 foizga aniq bajarib, o'ylagan rejalarimizni amalga oshishida muhim o'rin tutdi. Futbolchilarimga rahmat, ulardagi shijoat raqibga nisbatan kuchlilik qildi.

- O'zingiz aytib o'tganingizdek, “Surxon” jamoasi chempionat peshqadamlaridan biri edi. Ushbu jamoaga qanday tarif berasiz?

- “Surxon”da ilgari o'zim futbolchi sifatida faoliyat yuritganman. Bugungi kunda u erda mamlakatimizdagi taniqli murabbiylar ishlamoqda. Termizliklar bu yil o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni maqsad qilgan va bu yo'lda astoydil kurashmoqda. Lekin shuni ochiq aytamanki, bizga qarshi uchrashuvda mezbonlar aytarli katta ustunlikka erishgani yo'q. Birinchi bo'limda 2:1 hisobida g'alaba bilan tanaffusga chiqib ketdik. Ikkinchi taym boshida ular o'yin tizginini o'z tomoniga og'darib olgandek ko'rindi. Lekin shogirdlarim qarshi hujumda vaziyatlardan unumli foydalanib, ustunlikni hisobda aks ettira oldi. “Surxon” jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilayman.

- Jamoani mavsumning birinchi qismining so'nggilarida qabul qilib oldingiz. Davralar oralig'ida tarkibda sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirganingizni ko'rdik. Bu borada nima deysiz?

- To'g'ri aytasiz, “SHo'rtan”ni ikkinchi davraning so'nggi 4ta o'yini qolganida qabul qilib olgandim. SHu to'rtta uchrashuvda qayd etgan natijalarimiz o'xshamadi, ikkita durang va ikkita mag'lubiyat. SHundan so'ng tanaffus paytida yanada jiddiy ishladik va mavsumning qolgan qismiga puxta xozirlik ko'rishga intildik. Bemalol ayta olamanki, yigitlar mana endi sekin-sekin biz talab qilgan narsalarni amalga oshira boshladi. Menimcha o'yindan-o'yinga hammasi ko'ngildagidek kechadi. Hozir jamoamning o'yinidan to'liq qoniqmayotgan bo'lsamda, quvonarlisi futbolchilar asta-sekin o'zlariga kelib olmoqda. Lekin bu bilan yigitlar bir zumga ham o'zlarini bo'shashtirib yuborishga xaqqi yo'q.

- Yozgi transfer chog'ida tajribali futbolchilarning xizmatidan voz kechildi va ularning o'rniga yoshlar taklif etildi. Vaziyat yanada jiddiylashib ketishidan havotir bormidi?

- Klubning ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, rahbariyat bilan maslahatlashgan xolda shunday qarorga kelindi. CHunki tajribali futbolchilarni olib qolish uchun bizda moliyaviy imkoniyatlar yo'l qo'ymasdi. SHuning uchun nomi hali ko'pchilikka yaxshi malum bo'lmagan yigitlarni tarkibga jalb etib, ular bilan o'z o'yinimizni shakllantirishga qaror qildik. CHunki ilgari o'zim “Bunyodkor” akademiyasida yoshlar bilan ishlaganman. Ularga o'z g'oyalaringizni o'rgatish va tushuntirish nisbatan osonroq kechadi. Fikrimcha hozir PRO-Liganing “A” guruhida eng yosh jamoa “SHo'rtan” bo'lsa kerak. Umid qilamanki, kelasi yil ushbu tarkibimiz yanada tayyor bo'ladi va shunda Superliga uchun bemalol kurasha olamiz.

- Agarda moliyaviy imkoniyatlar ko'ngildagidek bo'lganida, tajribali futbolchilarni ham olib kelish rejangizda bormidi?

- Albatta, yoshlarning oldiga tajribali o'yinchilarni jalb etsak zarar qilmasdi. CHunki yoshlar kattalardan o'rnak oladi.
Yorqin Nazarov: “Surxon”ni yigitlarning shijoati evaziga mag'lub etdik”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram