Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 08:55 – Mourino MYU rahbariyatidan Marsyalni sotishni talab qilmoqda 
  • 08:53 – CHempionlar ligasi. BATE mag'lub bo'ldi, "Benfika" esa o'z uyida g'alaba qozona olmadi 
  • 08:53 – "Barselona" Raboga yiliga 10 mln evro to'lamoqchi 
  • 08:52 – Man Siti o'z himoyachisini Franciyaga sotdi 
  • 08:51 – Yuventus uchinchi formasini namoyish etdi FOTO 
  • 08:50 – Borussiya Liverpul hujumchisini ijaraga olmoqchi 
  • 08:50 – Messi va Ronaldu. Ikki xil kayfiyat FOTO 
  • 08:49 – Bekxem UEFAdan prezident sovrinini oladi 
  • 08:48 – Krilya Sovetov bosh direktori: Denisov – istalgan klubga foyda keltira oladi 
  • 08:47 – Real o'z futbolchisini ijaraga berdi 

Varga: "Alisher Usmonov "Arsenal"ni dunyoning eng yaxshi klubiga aylantirmoqchi edi, ammo uni tushunishmadi"

Mashhur agent SHandor Varga milliarder Alisher Usmonov "Arsenal"dagi ulushini Sten Kronkega sotgani haqidagi xabarga fikr bildirdi.
"Alisher klubning 15% akciyasini sotib olganida, uni "Arsenal" vice-prezidenti Devid Din bilan tanishtirganman. O'shandayoq Usmonov investitciya kiritish niyatida emas, klubni boshqarmoqchi ekanligi ayon bo'lgan edi. U tez-tez futbolga kelib turardi, bu jamoani tushunardi va yaxshi ko'rardi. Usmonovga Arsen Vengerning ishi yoqqan.

Usmonovni Angliyada dushmanlar kabi qabul qilishgan: Tanqidlar bo'lgan. U sportchi kabi hammasiga chidadi, taslim bo'lmadi va klubning asosiy akciadoriga aylanmoqchi edi. Bu amalga oshmasligini tushungan milliarder ketishga qaror qildi.

Alisher "Arsenal"da birinchi raqam bo'lish uchun klubga kelgan. U ikkinchi raqamli inson bo'lib, klub rivojlanishida ishtirok etmaslikni xohlamasdi. Usmonov "Arsenal"ni dunyoning eng yaxshi klubiga aylantirmoqchi edi. Ingliz klubi akciyalarini saqlash - foydali ish, Rossiyada esa buning aksi. Angliyada yil pozitiv balansda yakunlanadi va daromad oshishda davom etadi. Uni tushunishmadi, shu sababli Usmonov o'z akciyalarini sotdi.

U rus klubiga pul tiksa yaxshi bo'lardi, chunki Rossiyada ham bunday mo'jizani amalga oshirsa bo'ladi. Yaxshi tashkilotchilik va moliyaviy muvozanat bo'lsa yaxshi natijaga erishish mumkin. Hozir Rossiya futbolida o'sish kuzatilmoqda, agar puli bor, futbolni sevadigan rahbarlar kelsa, yaxshi bo'lar edi.

Kronke ("to'pchilar"ning 97% akciyasiga egalik qiladi) qo'l ostidagi "Arsenal"dan yaxshi narsa kutib bo'lmaydi. U futbolni yoqtirmaydi va uni tushunmaydi, bu Kronke uchun faqat biznes. Kronke xatto o'yinlarga kam keladi. Ha, foydalar va muxlislar bo'ladi, akciyalar narxi ko'tariladi, ammo sport ruxi bo'lmaydi.

Afsuski, jahon futbolida, klublarda va rahbariyatda sport muvaffaqiyatidan ko'ra ko'proq pul kerak bo'lgan insonlar ko'payib bormoqda. Bunga qarash alamli. Jahon chempionatini kengaytirish? Yiliga 70ta o'yin o'tkazishning iloji yo'q. Bu Kronke kabi insonlar tufayli sodir bo'lmoqda. Alisher esa bunday emas, u haqiqatdan ham sportni sevadigan va uning rivoji uchun ko'p ish qilgan sportchi" - deydi Varga.
Varga: "Alisher Usmonov "Arsenal"ni dunyoning eng yaxshi klubiga aylantirmoqchi edi, ammo uni tushunishmadi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram