Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

Rossiyaning amaldagi chempioni "Lokomotiv" VAR tizimini sotib olmoqchi

Hakamlar xatolaridan aziyat chekayotgan Rossiyaning amaldagi chempion klubi "Lokomotiv" VAR tizimidan foydalanish tarafdori.
Rossiya Futbol Ittifoqi nazoratchisi Yuriy CHebotarev "Lokomotiv" klubi o'z stadionida VAR tizimini o'rnatishni rejalashtirayotganini gapirib o'tdi.

- "VAR - juda qimmat turadigan uskuna. Bu tizimni o'rnatishga barcha jamoalarning ham imkoniyati etmaydi. Ha, bu tizim futbolda uchraydigan juda ko'plab bahsli holatlarga echim bo'ladi. Ammo hozirgi kunda bu tizimni barcha klublar ham sotib olishga tayyor emas. Faqatgina "Krasnodar" yoki "Spartak" bu borada "Lokomotiv" yo'lidan ketishi mumkin. VAR tizimining afzalliklari juda ko'p. Ammo futbolda doimo bahsli holatlar bo'lgan va bundan keyin ham shundayligicha qoladi. Bu tizimni o'rnatish Rossiya Premer ligasiga oson bo'lmaydi. Gap faqat texnologiyada emas, balki uni qanday ishlatishni bilish lozim. Tizim talabiga javob beradigan mutaxassislar jalb etilishi kerak bo'ladi. Bu ishga faqat va faqat o'z ishining ustalari, mutaxassislari javobgar bo'lishi lozim. Tizim qancha turishi haqida aniq malumotga ega emasman. Ammo shunisi aniqki, gap million dollarlar atrofida ketmoqda. Bu narx shunchaki uskuna, tizimni qiymati. Bundan tashqari kerakli mutaxassislar, tizimni bir tekisda ishlashini taminlaydigan kadrlar zarur bo'ladi. Tizimni joriy qilish uchun juda katta mablag' sarf etilishi lozim", - deydi Yuriy CHebotarev.
Rossiyaning amaldagi chempioni "Lokomotiv" VAR tizimini sotib olmoqchi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram