Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 16:30 – “So'g'diyona”ga yangi futbolchilar kelishi davom etmoqda 
  • 16:29 – Fayzullo Ahmedov “Norin” kelgusi rejalari haqida nima deydi? 
  • 16:28 – "Neftchi"ni yana bir futbolchi tark etdi. Dilyorbek Irmatov “Metallurg”da 
  • 16:28 – "Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi boshlanish vaqti malum 
  • 16:27 – "Real" yozda 110 mln. evrolik transfer amalga oshiradi 
  • 16:26 – Samvel Babayan: "Vaqti kelsa barini aytib beraman..." 
  • 15:16 – Nazorat uchrashuvi: So'g'diyona 2-2 Oq tepa 
  • 15:07 – “Lokomotiv” jamoasi muxlislari uchun aytilgan qo'shiqni eshitganmisiz? VIDEO 
  • 15:06 – Transfer. MYU Aleksis uchun 28 mln. evroga bir futbolchini qo'shib beradi. U kim? 
  • 15:05 – O'zbekiston U-23 chorak finalda Yaponiya bilan o'ynaydi 

O'FF prezidenti Umid Axmadjonov Qo'qonga tashrif buyurdi

Farg'ona viloyati futbol federaciyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida Farg'onaga tashrif buyurgan O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Axmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh kunning ikkinchi yarmida Qo'qon shahriga etib keldi.
O'FF prezidenti Qo'qondagi “Markaziy” stadionda bo'lib, bu erda davom etayotgan rekonstrukciya ishlari bilan batafsil tanishdi. Jamoa rahbarlari bilan bo'lgan suhbatda Umid Axmadjonov stadionlarda futbolchilar, matbuot xodimlari, yuqori martabali mehmonlar va muxlislarga yaratiladigan sharoitlarni maksimal darajada yuqori sifatga olib kelish eng birinchi vazifa bo'lishi lozimligini takidladi.
“ Qo'qon o'zbek futbolining vatani, biz bu shaxarda futbolimizning ko'plab yubileylarini nishonlaymiz. Bu yil “Markaziy” stadion ko'rinishi go'zal bo'lishi lozim, chunki biz bu erda o'zbek futbolining 105 yilligini bayram qilmoqchimiz. Buning uchun federaciya ham qarab turmaydi. Biz sizlarga qo'limizdan kelgan barcha yordamni beramiz“, dedi Umid Axmadjonov.
O'FF prezidenti “Markaziy” stadionning rekonstrukciya rejasi bilan tanishgach, o'zining qimmatli tavsiya va maslahatlarini berdi.
Umid Ahmadjonov bir guruh futbol muxlislari bilan ham uchrashdi. Jamoamizning sodiq muxlislari O'FF prezidentiga , muxlislar klubining futbolkasini esdalik sifatida topshirishdi.
“Qo'qonda futbolni juda xam yaxshi ko'rishlarini bilamiz. Qo'qonlik muxlislar bu borada respublikamizda barchaga o'rnak bo'lmoqdalar. Sizlar jamoanigizni yanada chiroyli tarzda qo'llab tursalaring , futbolchilar ham albatta sizlarni xursand qilishadi. Biz esa muxlislar uchun barcha qulayliklarni yaratishga harakat qilamiz ”-dedi O'FF prezidenti.
O'z navbatida muxlislar ham O'FF prezidentigafutbolimizdagi islohotlar, muxlislarga yaratilayotgan qulayliklar va ularni o'ylab o'yinlar vaqtini kechki soat 18-00dan keyin boshlash haqida chiqarilgan qarordan minnatdor ekanliklarini bayon etdilar.
O'FF prezdentiga hamroh bo'lgan PFL rahbari Omon G'ofurovva ishchi guruh Uchko'prik tumanidagi stadion bilan xam tanishdilar. Bu stadionda “Qo'qon-1912”ning ayollar jamoasi to'p suradigan bo'ldi. Mutaxassislar stadionda bartaraf etilishi lozim bo'lgan kamchiliklarni belgilab berdilar.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram