Utkin: "Ermatov? Kechirim so'radim, u menga sovg'a berib yuboripti"
- 24.07.2018, 13:25,
- Yangiliklar / Rossiya-2018
- 0
1 180
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Rossiyalik mashhur sharhlovchi Vasiliy Utkin sports.ru nashriga intervyu berdi va unda FIFA referisi Ravshan Ermatovdan kechirim so'raganini aytdi.
- So'nggi marta qachon alkogolli ichimlik ichdingiz?
- Mart oxirida. 11 oydan beri spirtli ichimlik ichmayotgan edim. Faqat tug'ilgan kun va Yangi yil atrofida bu ishni qilaman. Menga shunday yashash qulay. Alkogol kerak emas. Undan voz kechganman - bu yoshga bog'liq narsa. U faqat zarar keltirishini tushundim. Jonga tegdi.
- Unday bo'lsa Ravshan Ermatov haqidagi tvitingiz qanday holatda yozilgan?
- Aytdim-ku, mart oxirida ichganman. Ravshan Ermatov boshqargan o'yinni Federaciya kengashining hozirgi va sobiq vakillari bilan restoranda tomosha qildim.
- Mast bo'lmagan paytingizda ham tilingizga ehtiyot bo'lishingiz kerak edi.
- Kechirim so'radim. Aytgancha, o'tgan hafta Denis Kazanskiy (sharhlovchi) bilan yozishdim. U O'zbekistonda yarim final va final bahslarini sharhladi. Aytishicha, Ravshan menga sovg'a yuboripti.
Eslatib o'tamiz, Xorvatiya - Argentina uchrashuvi paytida Utkin "Tvitter"dagi sahifasi orqali jahon chempionati rekordchisi, FIFA referisi Ravshan Ermatovni haqorat qilgan edi. SHarhlovchi keyinroq bu ishi uchun kechirim so'radi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
