Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

JCH-2018 tugadi, Qatardagisi qanday bo'ladi?

Bir oy davom etgan Rossiyadagi mundial ham o'z nihoyasiga etdi.
Bir oy hash-pash deguncha o'tib ketdi. Finaldan keyin ko'pchilik endi navbatdagi mundial haqida gapira boshladi. Bilasiz, keyingi jahon chempionati 2022 yil Qatarda o'tkaziladi. Xo'sh, Qatardagi musobaqa qanday bo'ladi? Quyida shu haqda fikr yuritamiz.

Qaror qachon qabul qilingandi?
Qatar varianti ham xuddi JCH-2018 mezboni Rossiya bilan bir kunda, yani 2010 yilning 2 dekabr sanasida rasman tasdiqlangandi. Cyurixda bo'lib o'tgan FIFA ijroqo'mi yig'ilishida Qatar JCH-2022 mezboni sifatida ovoz yig'ish bo'yicha raqobatchi davlatlar Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSHni ortda qoldirib, hal qiluvchi ovoz berish jarayonida Qatar eng yaqin taqibchisi AQSHdan o'zib ketgandi.



Musobaqa qachon o'tkaziladi?
Qatar rasman JCH-2022 mezboni deb elon qilingach, keyingi masala musobaqani qachon o'tkazishda qolgandi. Malumki, Qatar nihoyatda issiq mamlakatlar sirasiga kiradi va bu erda may oyidan to senbyargacha havo harorati 40-45 daraja bo'ladi. Bu esa FIFAni jiddiy o'ylantirib qo'ygani bor gap. Axir bunday issiqda yugurishning o'zi bo'ladimi. Keyinchalik qatarliklar jahon chempionati paytida hamma sharoit bo'lishini, stadionlar kondicioner sovutish tizimi bilan taminlanishini aytishdi. FIFAning o'sha paytdagi prezidenti Yozef Blatter musobaqani bahorda o'tkazish taklifini ilgari suradi, lekin buni ko'pchilik maqullamaydi. Oxiri 2014 yil FIFA bosh kotibi Jerom Valke rasman JCH-2022 kuz-qish faslida bo'lib o'tishini aytdi va musobaqa kunlari sifatida 21 noyabr - 18 dekabr belgilab olindi.

SHaharlar va stadionlar
Qatarda bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionati ettita shaharda tashkil etiladi: Doha, Al Vakr, Al Rayan, Umm Salal, Madinat Ash SHamale va Lusail. Dastlab Qatar JCH uchun uchta stadionni qayta tamirdan chiqarish va to'qqizta yangi stadion qurishni mo'ljallagandi. Biroq keyinchalik hammasi bo'lib sakkizta stadion bo'lsa etarli degan qarorga kelindi. Lekin bu hali yakuniy to'xtam emas. SHunisi malumki, o'yingohlar bir-biriga yaqinroq joylashgan bo'ladi. Masalan, bir stadiondan ikkinchisiga borishga ko'pi bilan bir soat ketadi. Bu esa muxlislarga qulaylik tug'diradi.

"Xalifa" stadioni (Doha)
Hozircha Dohadagi faqat shu stadion foydalanishga topshirilgan. Malumki, Doha - Qatar poytaxti va mamlakatdagi eng katta shahar hisoblanadi. Ushbu o'yingoh 1976 yilda qurilgan bo'lib, 2017 yil qayta tamirlashga topshirilgan. Sig'imi 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Bu o'yingoh jahon chempionatidan keyin turli sport musobaqalari o'tkaziladigan arena bo'lib qoladi.



"Al Bayt" (Al Xor)
"Al Bayt" stadioni 60 ming tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, JCHning har ikkala yarim final uchrashuvi shu stadionda o'tkaziladi. Musobaqa yakuniga etgach, stadion kichraytiriladi va o'rindiqlari soni 32 mingta qilinadi. SHu yilning dekabr oyida stadion qurilishi bitkaziladi.



"Al Vakra" (Al Vakra)
Ushbu stadion 40 ming muxlisga mo'ljallanadi. Port yonida quriladigan stadion loyihasi asli iroqlik Britaniya fuqarosi Zahi Hadid tomonidan ishlab chiqilgan. Arxitektor 2016 yil vafot etgandi. Mundial yakuniga etganidan so'ng o'rindiqlar soni ikki barobar qisqaradi. Lekin arena Al Vakradagi eng ixcham sport inshooti bo'lib qolaveradi. Stadion yonida tennis kortlari, basketbol maydonchalari, masjid va to'y marosimlari o'tkaziladigan zal qurish ham loyihaga kiritilgan.



"Al Rayan" (Al Rayan)
"Al Rayan" ham 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion bo'ladi. Bu asosan islom diniga xos memoriy shaklda quriladi. JCH-2022 tugaganidan so'ng "Al Rayan" klubining uy stadioni bo'lib qoladi. Hozir bu jamoani Mikael Laudrup boshqarmoqda. Mundial yakuniga etgach o'rindiqlar soni 22 mingtaga qisqaradi, stadion atrofida esa suv sport turlari uchun markaz va engil atletika zallari quriladi.



"Qatar fondi" (Doha)
Dohada qurib bitkaziladigan yana bir stadion "Qatar fondi" (Qatar Foundation) deb nomlanadi va bu o'yingoh ham 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan bo'ladi. Stadion yonlarida turli o'quv binolari joylashadi. Stadion tashqi tomondan ulkan olmosga o'xshab ketadi. Quyosh charaqlab turgan paytda tovlanuvchan tusga kiradi. Kelajakda universitet jamoalari bu erda o'ynashi kutilmoqda.



"Al Tumama" (Doha)
"Al Tumama" stadioni ham Dohada quriladi va 40 ming muxlisga mo'ljallangan bo'ladi. Stadion tashqi ko'rinishi musulmon mamlakatlarda erkaklar kiyib yuradigan bosh kiyimga o'xshab ketadi. Bu stadion ham mundialdan so'ng o'rindiqlari soni ikki barobar qisqaradi va o'yingoh hududida FIFAning tibbiy markazi barpo etiladi. SHuningdek, sport majmualari ham quriladi.



"Ras Abu Abud" (Doha)
Qirg'oq yaqinida qad ko'taradigan ushbu stadion "Ras Abu Abud" deb nomlanadi va 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan bo'ladi. Jahon chempionatidan keyin to'liq qayta tamirdan chiqarilib, kichikroq ko'rinishga keltiriladi.



"Lusail" (Lusail)
SHubhasiz mamlakatdagi eng katta stadion "Lusail" bo'ladi (sig'imi 86,250), bunda ochilish uchrashuvi hamda final bahsi o'tkaziladi. Qizig'i shundaki, Qatarda hozircha Lusail degan shahar yo'q va u endi qurilyapti. Aynan JCH tufayli barpo etilayotgan ushbu shahar Dohadan 15 km. uzoqlikda joylashgan bo'ladi. SHaharda 200 ming nafar aholi yashashi mumkin. Mundialdan so'ng arena 20 minglik stadion ko'rinishiga keltiriladi va mahalliy aholi uchun sport markazi sifatida xizmat qiladi.



Byudjet
JCH-2022 barcha jahon chempionatlari tarixidagi eng qimmat turnir bo'ladi. Qatar navbatdagi mundialni juda zo'r o'tkazish maqsadida 200 milliard dollar sarflamoqchi. Misol tariqasida JARda o'tkazilgan mundial byudjeti 7 milliard, Braziliyada bo'lib o'tgan musobaqa 14 milliard dollarni tashkil etgandi. Rossiyadagi jahon chempionatining byudjeti esa 11 milliard dollarga aylandi. Nega Qatar ko'p pul sarflaydi? CHunki loyihaga ko'ra faqat stadionlar qurish bilan cheklanib qolinmaydi, balki metro liniyasi, temir yo'l bekatlari, yirik aeroport, shuningdek Lusail shahri qurib bitkaziladi. Faqat stadionlarni qurish uchun 10 milliard dollar sarflanadi.

Muxlislar uchun sharoit
Qatar - avvalambor musulmon mamlakat. Jahon chempionatida esa ko'plab davlatlardan turli irq va dinga mansub muxlislar tashrif buyuradi. Qatarda spirtli ichimliklar deyarli sotilmaydi, faqat ayrim do'konlar bundan mustasno, xolos. Qolaversa, bu erda spirtli ichimliklarni faqat xorijliklar sotib olishi mumkin. SHuningdek, tashqaridan olib kirishga ham ruxsat berilmaydi. Lekin musobaqa jahon chempionati bo'lgani uchun ham tashkilotchilar fan-zonalarda har xil ichimliklar sotuvini yo'lga qo'yishga vada berishgan.



JCH atrofidagi mashmashalar
Aslida JCH-2022 mezboni sifatida Qatarni tanlash bir qator mashmashalarga sabab bo'lgandi. Avvaliga FIFA hammasini sotib oldi deb tashkilotga shubha bilan qaraganlar ham bo'ldi. Lekin 2015 yil Yozef Blatter chiqish qilib Qatar varianti UEFAning oldingi rahbari Mishel Platinidan chiqqanini aytdi. Platini 2022 yilgi jahon chempionati AQSHda o'tkazilishiga nihoyatda qarshi edi, shu bois ham yakunda FIFA prezidenti bo'la olmadi. Bu haqda Franciyaning "Le Monde" gazetasi yozgandi.

Yana bir muammo esa inson huquqlarining buzilishidir. Gap qurilish obektlarida ishlayotgan odamlarning kunlik maoshi haqida ketyapti.
"Guardian" nashri yozishicha, Al Vakra shahridagi stadionda ishlayotgan quruvchilar kuniga 8 dollardan haq olayotgan ekanlar. Juma dam olish kuni ekanligini inobatga olsak, ular oyiga o'rtacha 200 dollar topishyapti. Yozda havo harorati 50 darajaga chiqishi kuzatiladigan mamlakatda ishchilarning oyiga 200 dollar uchun ishlayotgani ko'pchilik futbol rahbarlariga yoqmayapti.

Aynan 2014 yilgi malumotlarga ko'ra, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik natijasida Qatarda mingdan ziyod arzon ishchi kuchi vafot etdi. Lekin bu haqda rasmiy malumot berishni hech kim xohlamayapti. Ayniqsa boshdan issiq o'tishi va turli yuqumli kasalliklar oqibatida ko'p odamlar bevaqt o'lib ketdi. Qatar esa bu haqda bosh qotirayotgani yo'q va bor etiborini JCH-2022ni yuqori darajada o'tkazishga bel bog'lagan holda olg'a qarashda davom etmoqda.
JCH-2018 tugadi, Qatardagisi qanday bo'ladi?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram