Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 20:27 – Karikatura: JCH-2018ning yodda qolarli vaziyatlari 
    • 20:25 – "Yuventus" "CHelsi"ning 90 mln. evrolik taklifini rad etdi 
    • 20:23 – Luis Enrike tanishtirildi (+FOTO) 
    • 20:21 – Ronaldu: "Messi? Men boshqa futbolchilar bilan kurashmaganman" 
    • 20:20 – Demirbay: "Ozil Germaniya madhiyasini kuylashga majbur emas" 
    • 20:19 – Villian yakuniy qarorini qabul qildi 
    • 20:19 – Sarri: "CHelsi"dagi shaxsiy maqsadim - o'yin-kulgu qilish" 
    • 19:59 – Real o'z hujumchisini ijaraga bermoqchi 
    • 19:00 – Zlatan sharhlovchining ustidan kuldi: "Mening burnim Asensioning faoliyatidan kattaroq" 
    • 18:59 – "Barselona" Azarni olish uchun Dembeledan voz kechishga tayyor 

    Qosimov qiyin vaziyatga tushganini Mourinyuning ish jarayonidan misol keltirib izohladi

    Superliganing qoldirilgan 14-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Neftchi" o'yinidan so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
    - CHiroyli gollarga boy o'yin guvohiga aylandik. Birinchi bo'lim avvalida "Neftchi" bizga qarshi ikkinchi raqam ostida, yani qarshi hujumda harakat qildi. Ularning darvozamiz tomon bergan ilk aniq zarbasi golga aylandi. SHunga qaramasdan yigitlar ikkinchi bo'limda kuch topib, vaziyatni o'nglashga erishishdi. Tanaffusdan keyingi o'yinimiz bizga samara keltirdi.

    Ikkinchi taymda yanada chiroyli o'yin ko'rdik. Eng kerakligi natijaga erishdik. O'yin oldidan tarkibda muammolarga dech kelgandik. Ashurmatov, G'ofurov va Rayevac bizga yordam bera olmadi. Qolaversa Murod Toshmatovda ham kichik jarohat bor edi. Futbolda esa ikki markaziy ximoyachi almashtirish oson emas. Kamiga yana kutilmaganda qizil kartochka olishimiz masalani qiyinlashtirdi. Ammo jamoamiz hakam xushtagin chalingunga qadar bir bo'lib jipslashib o'ynashdi va ko'zlangan maqsadga erishishdi.

    Anvar G'ofurov? O'tgan bahsda jarohati bo'li turib o'ynagan va buni bizga malum qilmagan. Tajribali futbolchi bunday vaziyatda jarohati bekitib qahramonlik qilishi kerak emas. Yosh futbolchi bo'lganida ham mayli edi. Murabbiy qaysi futbolchida jarohat borligini bilishi lozim. Anvar G'ofurov esa tavakkal qilib o'ynagan. SHu boisdan ham uni almashtirgandim. Birinchi navbatda sog'liq, shuningdek, murabbiy uning jarohati borligini bilsa, shunga qarab yuklamalar beradi yoki maxsus dasturda shug'ullantiriladi. Unga yaxshi manoda keskin etirozlar bildirgandim. Bugun uning qaydnomadan ham o'rin olmaganiga jarohat sabab. Agarda jarohatini ertaroq malum qilganida, balki bugungi uchrashuvga qadar safga qaytgan bo'lardi.

    Qizil kartochkadan keyin o'yinni nominal markaziy himoyachisiz tugatdik? Vaqtida Mourino ham finalda nominal hujumchisiz o'ynashiga to'g'ri kelgan. Futbolda bo'lib turadigan holat. Murabbiyda doim zaxira varianti bulmog'i lozim. Ahmadaliev bugun markazda yomon o'ynamadi. Islom Qobilov chetlashtirilganidan so'ng Abdulla ham o'yinga yomon qo'shilib ketmadi. Futbolchilar doim bir-birlarini to'ldirib turishi kerak.

    Abdusalomovda biroz hayajon sezildi va biz bir kishi kam o'ynaganimiz ham uning o'zini to'liq xotirjam o'ynashiga to'sqinlik qildi qaysidir manoda.
    Qosimov qiyin vaziyatga tushganini Mourinyuning ish jarayonidan misol keltirib izohladi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram