Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 20:27 – Karikatura: JCH-2018ning yodda qolarli vaziyatlari 
    • 20:25 – "Yuventus" "CHelsi"ning 90 mln. evrolik taklifini rad etdi 
    • 20:23 – Luis Enrike tanishtirildi (+FOTO) 
    • 20:21 – Ronaldu: "Messi? Men boshqa futbolchilar bilan kurashmaganman" 
    • 20:20 – Demirbay: "Ozil Germaniya madhiyasini kuylashga majbur emas" 
    • 20:19 – Villian yakuniy qarorini qabul qildi 
    • 20:19 – Sarri: "CHelsi"dagi shaxsiy maqsadim - o'yin-kulgu qilish" 
    • 19:59 – Real o'z hujumchisini ijaraga bermoqchi 
    • 19:00 – Zlatan sharhlovchining ustidan kuldi: "Mening burnim Asensioning faoliyatidan kattaroq" 
    • 18:59 – "Barselona" Azarni olish uchun Dembeledan voz kechishga tayyor 

    Jahon chempionati finaliga chiqqan boshida xarita chizilgan xorvatiyalik yigitcha

    Ushbu maqola Evro-2016 vaqtida saytimizga joylashtirilgan. Lekin undagi malumotlar oradan ikki yil o'tsa ham eskirmadi.
    1999 yilda u qayta tug'ildi. Omish shahri, Xorvatiyaning janubi, Adriatiki bo'yidagi qurilish inshooti. Uch o'rtoq nima uchun u erga borgani malum emas, bir qop qurilish anjomlari uning ustida ag'anab ketdi. Ikki o'rtoq Ivanning otasini yoniga yugurib borishdi: Kokaning ustiga narsa tushib ketdi, tezroq yuring anavi erda yotibdi.

    Tirikmi? Ha, lekin tura olmayapti. Tezda uni shifoxonaga olib ketishdi: agar qop 10 santimetr boshqa joyga tushganida bolakay vafot etishi mumkin ekan, singan elkani operaciya qilishdi, o'sha yiliyoq Perishich «Xayduk»da paydo bo'ldi.

    Uni Koka deb atashardi, yani tovuq. Bundan xafa bo'lmasdi, sababi otasining tovuq fermasida ishlardi, 3 yoshidanoq inkubatorlarga qancha nima don solish kerakligini bilardi. Ivan bu laqabdan uyalmasdi, lekin o'zini Asa deb atashlarini istardi. Ammo negadir bunday bo'lmadi.

    1998 yilda Xorvatiya Franciyadagi chempionatda chorak finalda Germaniyaga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Ivanning onasi katta dasturxon yozdi: pishloqlar, go'shtlar, tort, otaga rakiya, o'g'ilga sut. Televizorda: ettinchi raqam – Alesha Asanovich, Perishich yashaydigan O'rta Dalmaciya tumani uchun kumir edi. Xorvatiya o'sha o'yinda 3:0 hisobida zafar quchdi. Yarim finalga! Yana nimani orzu qilsa bo'ladi?

    Faqat xuddi Asanovich kabi «Xayduk»da o'ynashni orzu qilish mumkin edi.




    Oradan 16 yil o'tdi. Yana o'sha xonadan, yana o'sha katta dasturxon, jahon chempionati, faqat Ivan Perishich stulda emas, plazma televizorda Braziliyaga qarshi ochilish o'yinida harakat qilmoqda, Agar 1998 yilda Ivan Amazonka qirg'oqlarida o'ynashini aytishsa barcha kulib yuborardi, u o'ynadi va gol ham urdi. Slobodna Dalmacija nashri jurnalistlari uning otasi Antega qo'ng'iroq qilib o'g'li qanday qilib bunga erishganini so'rashdi.

    «Xayduk» ustozi Zoran Vulich yosh va sochi jingalak Perishichni Sloveniyadagi yozgi yig'inga olib ketadi. Niko Krancharning «Portsmut»ga o'tishi deyarli hal bo'layotgandi, uning o'rniga Perishich o'ynashi kutilgandi. Uni «Arsenal», «Tottenxem» va «Ayaks» akademiyasi ham chaqirayotgandi. Krancharni qo'yib yuborib uning o'rniga Ivanni o'ynatishga barchasi taxt edi. Ammo «Xayduk»ning rejalari «Portsmut»ning sobiq ustozi, «Sosho»ga o'tgan Alen Perrenni kuldirdi xolos. U Perishich hamon professional shartnoma tuzmaganini va «Xayduk»da oddiy ishchi kabi maosh olayotganini bilib qoldi. Perren Perishichning otasi bilan gaplashib ularni shaxsiy samalyotda Soshoga olib ketadi.

    «Ivan Franciyaga mening tovuq fabrikamni qutqarish uchun ketdi», – deb tan oladi Ante Perishich jurnalistga. Ante qarzga botgandi, Perren agar o'g'li «Sosho»ga o'tsa yordam berishini aytdi.

    Qatar yoki Quvayt emasku – xatto 15-o'rindagi klub bo'lsa ham Franciyada o'ynaydi, «Xayduk» esa shartnoma tuzishni cho'zib yurdi. «Xayduk» jimgina qarab turgani yo'q. Perishichning diskvalifikaciya qilinishi va «Sosho»dan 360 ming evro jarima undirib oldi. Perren ajoyib, evrokuboklar uchun kurashadigan jamoa tuzdi, Perishich ikkinchi jamoada o'ynardi, «Sosho» UEFA kubogiga chiqdi, Perrenni «Lion»ga chaqirishdi, «Sosho» yangi ustozi Frederik Anc Perishichni bilishni istagani ham yo'q, «Xayduk» va «Sosho»ning o'rniga Ivan Belgiyaning ikkinchi ligasiga tushib ketayotgan «Ruselar»da paydo bo'ldi. Alamlisi uning otasi pullarni tezda safrlab yubordi va yana qarzga botdi.

    Etib keldik, barchasi tamom.

    Ammo bunday bo'lmadi. Ivan gollar urib jamoani ligada qolishini taminladi, asosiysi «Bryugge»ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi va raqib ustozidan quyidagi gaplarni eshitdik: bizga o't. Kecha quyida edi, bugun esa Belgiyaning eng boy klublaridan biri bo'lgan «Bryugge»da. 2009 yilda evrokuboklarda «Partizan»ga qarshi o'yin bo'ldi. Penalti ishlashdi, Perishich sardor Xoefkensdan penaltini so'rab oldi, Panenka uslubida to'pni tepdi, ammo posbon o'z o'rnida qolib to'pni ushlab oldi. Tanaffus vaqtida Perishich turli tillarda haqoratlarni eshitdi, ikkinchi taymda gol urishga vada berdi.

    Ikkita urdi.




    Mana shunday o'yinlardan so'ng u Dortmundga ko'chib o'tdi.

    «Borussiya»da Perishich ajoyib o'ynay boshladi, deyarli barchaga gollar urdi, raqiblar orasida «Arsenal» ham bor edi. Ammo jamoaga Roys kelgach Perishich kam maydonga tusha boshladi. («Zaxirada o'tirsam men o'laman» derdi u), Klopp uni yig'loqi deb atadi. «Volfsburg» unga ikki baravar ko'proq maosh taklif qildi. Perishich yangi klubida 10dan ortiq gol urdi, Kubok va Superkubokni yutdi. «Inter» uning uchun 16 million evro to'ladi, Perishich Ikardidan keyingi to'purar bo'ldi, Konte uni «CHelsi»ga sotib olishlarini so'radi, Ivan esa Soshoga kelganidan roppa rosa 10 yil o'tib yana Franciyaga qaytdi. Sochida Xorvatiya davlati xaritasi chizilgan, Sent-Etenda chexlarga, kecha Bordoda Evropa va Jahon chempionlari darvozasiga gol urdi va Xorvatiyani guruhda birinchi bo'lishini taminlab berdi.

    U «Xayduk» asosiy tarkibida o'ynamadi, orzu amalga oshgani yo'q, ammo hozir bo'layotgan voqealar undan ham ajoyib...



    Jahon chempionati finaliga chiqqan boshida xarita chizilgan xorvatiyalik yigitcha


    Ushbu maqola 2016 yil 22 iyun kuni saytimizda elon qilingan.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram