Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:56 – De Laurentis: "Gamshik hali uzoq vaqt "Napoli"da o'ynaydi" 
    • 09:54 – International Champions Cup-2018. MYU AQSH klubi bilan durang o'ynadi 
    • 09:54 – Jon Terri mish-mishlarni rad etdi 
    • 09:53 – "Roma" Alisson o'rniga darvozabon topdi 
    • 09:51 – International Champions Cup. "Borussiya" "Liverpul"ni taslim etdi 
    • 09:50 – Dalich Osiyodan bo'layotgan takliflar haqida: "Men dunyon 
    • 09:49 – Niko Kovach: "Boateng qoladi" 
    • 09:48 – Figu "Sporting" prezidenti bo'lishi mumkin 
    • 09:48 – "Liverpul" 3 yil oldin Alissonni arzimagan pulga sotib olishi mumkin edi 
    • 09:47 – "Real"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi ketmoqchi. Lopetegi bundan xabardor 

    Mundialni "o'ldirgan" sensaciyalar

    Sensaciya - futbolning bezagi.
    Albatta, hozirgi zamon futbolini busiz tasavvur qilib bo'lmaydi. "Barsa"chilar "Real"ning, "Real"chilar esa "Barsa"ning "qoqilishini" chin yurakdan istashadi. CHunki ular ertaga bir-birining ustidan kulishlari kerak. Bu ikki jamoaning mag'lubiyati esa sensaciyadan o'zga narsa emas. To'g'rimi?

    Teskari mantiq rol o'ynaydigan Premer-ligada esa peshqadam autsayderga o'z maydonida yutqazib qo'yishi ham sensaciya hisoblanmaydi. CHunki biz bunga o'rganib qolganmiz. MYU, "Man Siti", "CHelsi" kabi jamoalar APLda istalgan raqibiga mag'lub bo'ladi.

    Sensaciyalar bor bo'lsin-u, biroq barchasining ortig'i oshiqcha. Bir o'yinda bir jamoa ilk bo'limning o'zida 5ta bir-biridan ajoyib gol urdi. Ularning raqiblari esa taslim bo'lgan va bahsdagi intriga yo'qolgan. Xo'sh, ikkinchi bo'limning nimasi qiziq?

    Rossiyadagi mundialda futbol yulduzlari "lanatlangan" kabidek bo'ldi. Avvaliga Salohga qaytish chiptasi olib berildi. Yulduzlarga to'la Germaniya koreyslar tomonidan taslim qilindi. CHorak finaldan keyin futbolning ikki qiroli - Ronaldu va Messi aeroport tomon yo'l oldi. Ispaniyaning mundialdagi umri uzoq bo'lmadi. Azar Neymarni uyiga jo'natib yubordi. Sensaciyalar keragidan ko'payib ketgani esa mundialning pley-offi qudratini, statusini anchagina tushirib yubordi. Aslida saralashda Italiyaning mundialga chiqa olmagani - katta yo'qotish bo'lgan va shu orqali mamlakatda JCHga bo'lgan qiziqish anchagina pasayib ketgandi."El Klasiko" vaqtida dunyo teng ikkiga bo'linadi - oqlar va ko'k-anorranglilar. Aslida JCH finalida ham shunday bo'lishi, unda grand termalar o'ynashi kerak (mantiq shunday). Bu safar ham bunday bo'lmasa kerak...

    Mundial boshlangunga qadar kimdir Xorvatiya termasi finalgacha etib borishini taxmin qilganmidi? Hatto Eden Azar mundial boshlanmasidan oldingi taxminlarida 4 yarim finalchining uchtasini aniq topgan va faqatgina xorvatlarda adashgan. U ham bunday sensaciyalar bo'lishini bilgan. Biroq Xorvatiya bu darajaga borishini hayoliga ham keltirmagan. Huddi biz va siz kabi.


    Mundialni "o'ldirgan" sensaciyalar

    JCH-2010 va JCH-2014 finalini qanchalik orziqib kutganimni bilasizmi? Ispaniya - Gollandiya, Germaniya - Argentina. Bu termalardagi yulduzlar odamni o'ziga jalb qilardi. Endichi? Endi unday emas. Faqatgina bir necha faktorlar finalga bo'lgan qiziqishni biroz bo'lsa-da, ushlab turibdi. O'sha Modrich, o'sha Rakitich, o'sha Mbappe, o'sha Grizmann, o'sha Pogba.

    Endi finalda yulduzlarga to'la termani ko'rmaymiz. Bunday tarifga na Franciya va na Xorvatiya arziydi. Bular Germaniya va Argentina yoki Ispaniya va Gollandiya emas.

    Bu orqali biz Xorvatiyani yomon otliqqa chiqarmaymiz. Ular finalga haqli edilar va bunga erishdilar. Hech nima tasodifan bo'lmaydi.
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram