Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 20:27 – Karikatura: JCH-2018ning yodda qolarli vaziyatlari 
    • 20:25 – "Yuventus" "CHelsi"ning 90 mln. evrolik taklifini rad etdi 
    • 20:23 – Luis Enrike tanishtirildi (+FOTO) 
    • 20:21 – Ronaldu: "Messi? Men boshqa futbolchilar bilan kurashmaganman" 
    • 20:20 – Demirbay: "Ozil Germaniya madhiyasini kuylashga majbur emas" 
    • 20:19 – Villian yakuniy qarorini qabul qildi 
    • 20:19 – Sarri: "CHelsi"dagi shaxsiy maqsadim - o'yin-kulgu qilish" 
    • 19:59 – Real o'z hujumchisini ijaraga bermoqchi 
    • 19:00 – Zlatan sharhlovchining ustidan kuldi: "Mening burnim Asensioning faoliyatidan kattaroq" 
    • 18:59 – "Barselona" Azarni olish uchun Dembeledan voz kechishga tayyor 

    Rasman: Ikki nafar hakam Superliga o'yinlaridan chetlashtirildi

    Superliganing 16-tur o'yinlariga tayin qilingan ikki nafar hakam faoliyatidan chetlashtirildi.
    Bu haqda Hakamlar qo'mitasi xabar berdi.

    "So'g'diyona" — "Metallurg" o'yinida ishlagan Aziz Asimov hamda "Qo'qon-1912" — "Lokomotiv" uchrashuvini boshqarib borgan Ilgiz Tantashev Superliga hamda Pro-Liga o'yinlariga qo'yilmaydi. Aniqlanishicha, ular bellashuvlar natijasiga bevosita tasir ko'rsatuvchi bir qancha xatolarga yo'l qo'ygan.

    Har ikki o'yin nazoratchilari hakamlar harakatini past baholagan hamda o'yinlar videoyozuvini ko'rib chiqishni so'rab Hakamlar qo'mitasiga murojaat qilgan. Bugun — 10 iyul kuni qo'mitaning birinchi galdagi ishi mazkur ikki uchrashuvni tahlil qilish bo'ldi. Natijada Asimov hamda Tantashev nomalum muddatga safdan chiqarildi. Ayni vaqtda qo'mita Superliganing qolgan uchrashuvlarini ham o'rganib chiqmoqda.

    Hakam va nazoratchilar uchun talablar oshirilgani, shuningdek, yosh hakamlar etishib chiqayotganidan kelib chiqib, bu borada raqobat o'sayotganini qayd etish mumkin. Endilikda o'z ustida ishlamayotgan yoki o'yinlarda jiddiy xatolarga yo'l qo'yayotgan hakamlarni almashtirish uchun imkoniyat mavjud. Faoliyatida tanaffus yuzaga kelayotgan hakamlar o'z ustida ishlashda davom etadi. Ular ishiga qaytishi uchun sinovlardan qayta o'tishiga to'g'ri keladi.

    Rasman: Ikki nafar hakam Superliga o'yinlaridan chetlashtirildi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram