Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:56 – De Laurentis: "Gamshik hali uzoq vaqt "Napoli"da o'ynaydi" 
    • 09:54 – International Champions Cup-2018. MYU AQSH klubi bilan durang o'ynadi 
    • 09:54 – Jon Terri mish-mishlarni rad etdi 
    • 09:53 – "Roma" Alisson o'rniga darvozabon topdi 
    • 09:51 – International Champions Cup. "Borussiya" "Liverpul"ni taslim etdi 
    • 09:50 – Dalich Osiyodan bo'layotgan takliflar haqida: "Men dunyon 
    • 09:49 – Niko Kovach: "Boateng qoladi" 
    • 09:48 – Figu "Sporting" prezidenti bo'lishi mumkin 
    • 09:48 – "Liverpul" 3 yil oldin Alissonni arzimagan pulga sotib olishi mumkin edi 
    • 09:47 – "Real"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi ketmoqchi. Lopetegi bundan xabardor 

    Karlush Keyrush: "Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni 15 kun qolganida boshlash kerak emas"

    Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush JCHdan olgan taassurotlari hamda kelajak rejalari haqida gapirib berdi.
    Malumki, Eron JCH-2018da guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, o'z o'yini bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Forslar Marokashni 1:0 hisobida mag'lub etishgan bo'lsa, Ispaniyaga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi va Portugaliya bilan 1:1 o'ynashdi.

    "Men terma jamoaning shu darajaga chiqishida kimlar yordam bergan bo'lsa, hammaga rahmat aytishni xohlayman. Biz eronlik muxlislarning, umuman Eron xalqining ko'cha-ko'yda g'ururlanib yurishi uchun qo'ldan kelgancha harakat qildik".

    "Jahon chempionatidan oldin ko'plab odamlar imkoniyatlarimizni past baholashgandi. Eron hamma o'yinni yutqazib qaytadi deb o'ylashgandi. Bizga guruhdan chiqish uchun ozgina omad etishmadi, lekin ishtirokimizdan qoniqdim".

    "Endi bor etiborni Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga qaratamiz. 42 yil deganda to'rtinchi marta turnirda g'olib chiqishni istaymiz. Lekin bu oson bo'lmaydi. CHunki musobaqada boshqa kuchli jamoalar ham bo'ladi. Masalan, Yaponiyani olaylik. Bu mamlakatda futbol rivoji yo'lga qo'yilganiga 40 yil bo'ldi. SHunday ekan, siz musobaqaga 15 kun qolganida tayyorgarlikni boshlab bunday jamoalarni enga olmaysiz", - deydi Keyrush.
    Karlush Keyrush: "Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni 15 kun qolganida boshlash kerak emas"
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram