Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:56 – De Laurentis: "Gamshik hali uzoq vaqt "Napoli"da o'ynaydi" 
    • 09:54 – International Champions Cup-2018. MYU AQSH klubi bilan durang o'ynadi 
    • 09:54 – Jon Terri mish-mishlarni rad etdi 
    • 09:53 – "Roma" Alisson o'rniga darvozabon topdi 
    • 09:51 – International Champions Cup. "Borussiya" "Liverpul"ni taslim etdi 
    • 09:50 – Dalich Osiyodan bo'layotgan takliflar haqida: "Men dunyon 
    • 09:49 – Niko Kovach: "Boateng qoladi" 
    • 09:48 – Figu "Sporting" prezidenti bo'lishi mumkin 
    • 09:48 – "Liverpul" 3 yil oldin Alissonni arzimagan pulga sotib olishi mumkin edi 
    • 09:47 – "Real"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi ketmoqchi. Lopetegi bundan xabardor 

    Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga besh sabab

    SHu kunlarda ommaviy axborot vositalari, xususan turli internet nashrlarida "Real Madrid" klubining portugaliyalik hujumchisi, besh karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronalduning "Yuventus" klubiga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar tinmayapti.
    Keling, biz Ronalduning Italiya klubiga o'tishi haqidagi 5 ta asosiy sabablarni o'rganib chiqamiz:

    1. Ronaldu hozirgacha kuchli beshlik chempionatlaridan Angliya va Ispaniya chempionatlarini zabt etdi, bu klublar safida mamlakat chempion bo'ldi, ECHLni zabt etdi, endi unda yana bir kuchli beshlik chempionatlarida o'ynab ko'rish istagi tug'ilgan bo'lishi mumkin.

    2. "Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Perec futbolchilar orqali qanday daromad qilishni biladi, Ronalduning yoshi o'tib borayapti, natijalar chakki emas paytida sotib yuborishni ko'zlab, portugaliyalikni "Yuventus"ga o'tishiga qarshilik qilmayotgan bo'lsa kerak.

    3. Krishtianu Ronaldu "Real Madrid" rahbariyati bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha kelisha olmayotganligi haqida ko'plab xabarlar urchidi, agar bu xabarlar rost bo'lsa Ronaldu qo'ygan talablarni aynan Turin klubi bajarishga rozi bo'lgan va portugaliyalik futbol yulduzining klubdagi oylik maoshi uchun yuqori narx belgilagan bo'lishi mumkin.

    4. "Real Madrid" klubi anchadan beri shov-shuvli transferni amalga oshirmadi. Jamoaga Neymar, Mbappe, Eden Azar kabi futbolchilardan biri kelayotgan bo'lishi mumkin. "Real Madrid" klubi yoshi o'tib borayotgan Ronalduni sotish orqali feyr-pley qoidalarini mos ravishda bajarishni ko'zlayotgan bo'lishi mumkin.
    Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga besh sabab

    5. Krishtianu Ronalduni Italiyada muxlislari ko'p, buni o'zi yaxshi biladi. Besh karra "Oltin to'p" sohibi tabiiyki o'zining maydondagi harakatlari olqishlanishini istaydi. Etibor bergan bo'lsangiz so'ngi ECHL finalida Ronalduning kayfiyati doimgidek emas edi. CHunki o'sha uchrashuvda portugaliyalik gol ura olmadi. Aynan o'sha uchrashuvdan keyin uning "Real Madrid"dan ketishi xaqidagi xabarlar keskinroq yangray boshlagandi.

    Portugaliyalik futbol yulduzi, besh karra oltin to'p sohibi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar hali rasman tasdig'ini topgani yo'q. Ronaldu "Real Madrid"da qolishi yoki butunlay boshqa jamoaga o'tishi ham mumkin, uning iqtidori har qanday chempionatda to'p surishga etadi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram