Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 11:44 – "CHelsi" Azarni "Real"ga sotishga rozi bo'ldi 
    • 11:32 – Yuventus bir kunda barcha abonementlarni sotib bo'ldi 
    • 11:31 – 1979 yildan keyin MYUning uy liboslari qanchalik o'zgardi? FOTO 
    • 11:30 – Ilhom Mo'minjonov: "Hali Karimov ham, Nikach ham o'zini ko'rsatadi" 
    • 11:29 – Sergey Lushan: "Namanganda umuman olganda yomon harakat qilmadik" 
    • 11:29 – Venger Yaponiyada ish boshlaydi...mi? 
    • 11:28 – “Bavariya” Pavar bilan kelishuvga erishdi 
    • 11:19 – “Manchester Siti” Sterlingni sotishi mumkin 
    • 11:06 – Alison: “ECHL yarim finalida “Enfild”dagi bahs ko'p narsani o'zgartirib yuborgandi” 
    • 11:05 – Naynggolan “Zenit”ga qarshi maydonga tushmaydi 

    Argentinaga qarshi bahsdan oldin Obi Mikel otasini o'g'irlab ketishgan ekan

    Nigeriya terma jamoasi yarim himoyachisi Jon Obi Mikelning otasi Argentinaga qarshi JCH-2018 uchrashuvidan oldin o'g'irlab ketildi.
    26 iyun kuni, guruh bosqichining so'ng uchrashuvidan bir necha soat oldin 31 yoshli xavbek otasi o'g'irlab ketilganini bildi.

    Oila vakillaridan biri Obi Mikelga qo'ng'iroq qildi va u o'g'rilarga qo'ng'iroq qilishi kerakligini aytdi. "Tyanjin Teda" futbolchisi bu ishni bajardi va unga pul olib kelishni aytishadi. Jinoyatchilar Obi Mikel kimgadir bu haqida aytsa, otasini o'ldirish bilan tahdid qilishdi.

    Futbolchining otasi Pa Mikel Obi motam marosimiga ketayotganida, Nigeriya janubi-sharqida o'g'irlab ketildi. Policiya uni ozod qilishga muvaffaq bo'ldi, ammo o'yinchining otasi bir hafta davomida qattiq qiynoqqa solingan ekan va ayni damda kasalxonada davolanmoqda.

    Bu Obi Mikelning otasi ikkinchi marta o'g'irlanishi. Birinchi marta shunday voqea 2011 yilda sodir bo'lgan.

    "Otam jinoyatchilar qo'lida ekanligida futbol o'ynaydim. Jarohatim haqida (qo'ldagi shikastlanish) unutishga to'g'ri keldi.

    Nima qilishni bilmadim, biroq 180 mln. nigeriyaliklarga pand bermasligim kerakligini tushundim. Hammasini unutib, o'z vatanim sharafini himoya qildim.

    Jinoyat haqida kimgadir aytsam otamni otib tashlashlarini malum qilishdi. Buni murabbiy bilan muhokama qilishni istamadim, chunki mening muammoim uni yoki jamoani chalg'itishini istamadim.

    Baxtimga otam qutqarildi. Bu ishda katta yordam bergan policiya va hukumatga rahmat aytaman.

    Afsuski, otam kasalxonada" - deydi Obi Mikel.
    Argentinaga qarshi bahsdan oldin Obi Mikel otasini o'g'irlab ketishgan ekan
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram