Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 22:40 – Mbappe yangi mavsumda PSJda yangi raqamda o'ynaydi 
    • 21:49 – "Milan" Reynaning transferini tasdiqladi 
    • 21:47 – "Barselona"dagilar Villianning MYUga o'tib ketishidan havotirlanishmoqda 
    • 21:46 – Keyn APLning dastlabki uchrashuvida maydonga tusha oladi 
    • 21:46 – Ispaniya Superkubogi uchun bahs qaerda o'tkazilishi malum bo'ldi 
    • 21:44 – "Yuventus" AQSHga Ronaldusiz yo'l oldi 
    • 21:42 – "Kristal Pelas" Yaya Turega shartnoma taklif qilmoqchi 
    • 21:41 – Neymar: "Buffon va Tuxel orqali yangi mavsumdan umidlar katta" 
    • 21:40 – Tuxel Raboga maslahat berdi 
    • 21:39 – Inestaning debyuti omadsiz bo'ldi FOTO 

    O'zbekiston Kubogi. CHorak final qurasi 9 iyul kuni "Sport" telekanalida jonli ko'rsatiladi

    O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan o'tkazib kelinadigan mamlakat kubogining chorak finaliga qura tashlash marosimi jonli ko'rsatiladi. Tashkilot bu masalada “Sport” telekanali bilan kelishuvga erishdi.
    1/8 final marosimiga qura tashlash marosimi ham jonli namoyish etilgan bo'lib, unda jamoalar qanday raqibga tushishi mumkinligi masalasi futbol muxlislarining katta qiziqishiga sabab bo'lgandi. Avval aytilganidek, bundan buyon qura jarayonlari imi-jimida o'tib ketmaydi.

    8—9 iyul kunlari Superliganing 16-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi. 9 iyul kuni “Bunyodkor” klubi mazkur tur doirasida “Qizilqum”ni qabul qiladi. “Sport” bilan kelishuvga ko'ra, uchrashuv tanaffusida O'zbekiston Kubogining 1/4 final bosqichiga qura tashlanadi. Jonli efir “Bunyodkor” stadionining o'zida bo'ladi. Stadionda jam bo'lgan muxlislar marosimni katta ekranda tomosha qilishi mumkin. Stadionga kela olmaganlar esa tanaffus vaqtida efirdan uzoqlashmasligi kerak bo'ladi.

    Eski taqvimga ko'ra, O'zbekiston Kubogining finali dekabrga qolib ketayotgandi. O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig'iga ko'ra, kubok masalasi qayta ko'rib chiqildi va final o'yini 28 oktyabr — yakshanba kuniga tayin qilindi. Katta ehtimol bilan bu vaqtda futbol o'ynash uchun ajoyib ob-havo hukmron bo'ladi. O'FA ham o'z navbatida final o'yinini katta bayram qilib o'tkazishni rejalashtirgan.

    Kubokning 1/4 final bosqichi avval belgilangani kabi 12—13 iyul kunlarida emas, balki 17—18 sentyabr sanasida o'tadi. Yarim finallar esa 27 sentyabrga belgilangan. O'zgarishga ko'ra, yarim final bellashuvlari ham qolganlari kabi faqatgina 1 ta o'yindan iborat bo'ladi (uy-safar emas). Bu bosqich uchun ham alohida qura marosimi bo'lib o'tadi. Mezbon jamoalar nomiga ham qura oydinlik kiritib beradi.

    Malumot uchun, O'zbekiston Kubogining 1/4 finaliga qadar quyida klublar etib kelgan: “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “Qo'qon-1912”, AGMK, “Mashal” va “Andijon”.
    O'zbekiston Kubogi. CHorak final qurasi 9 iyul kuni "Sport" telekanalida jonli ko'rsatiladi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram