Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

Osiyo Kubogi-2019. Raqibimiz Turkmaniston nima uchun FIFA kunlaridan foydalanmayapti?

2019 yil yanvar oyida BAA mamlakatida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan to'qnash keladi.

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. 11 sentyabrda vakillarimiz Eron bilan kuch sinashishadi. Yaponiya va Ummon ham sentyabr oyidagi FIFA kunlarida o'rtoqli o'yinlarida ishtirok etishadi.

Biroq negadir qo'shnilarimiz FIFA kunlarida yig'ilishmadi. Biz bunga oydinlik kiritish maqsadida Turkmaniston futbol Federaciyasiga murojaat qildik.

Federaciya vakili Orazgeldi Geldiev Turkmaniston terma jamoasi nima uchun sentyabr oyida yig'in o'tkazmayotganiga izoh berdi.

"Oltin Asr" Turkmaniston terma jamoasining bazaviy klubi ekanligidan xabaringiz bo'lsa kerak. SHu bois ayni paytda terma jamoa yig'in tashkil qilmadi. "Oltin Asr" bugungi kunda OFK kubogi interzonal finali doirasidagi "Aprel 25" (KXDR) klubi bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda", - deydi Orazgeldi Geldiev.




22 va 29 avgust kunlari "Oltin Asr" OFK kubogi interzonal yarim finali doirasida Hindistonning "Bengaluru" klubi bilan o'yinlar o'tkazdi. Ilk uchrashuvda Turkmaniston klubi safarda 3:2 hisobida, javob o'yinida o'z uyida 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Aprel 25" bilan interzonal finalning dastlabki o'yini 19 sentyabr kuni KXDRda bo'lib o'tadi. Javob bahsi 3 oktyabr kuni Ashxobod shahrida bo'lib o'tadi.

Etiborlisi Turkmaniston terma jamoasi ustozi Yazguli Xojageldiev ayni paytda "Oltin Asr"da ham bosh murabbiy hisoblanadi.


OFK kubogi-2018.
Interzonal yarim final. Javob o'yini
"Oltin Asr" - "Begaluru" 2:0
Gollar: Altimurat Annadurdiev 50, Vohit Orazsaxedov 58.
"Oltin Asr": Mamed Orazmuhamedov, Zafar Bobojonov, SHohrat Suyunov, Mekan Saparov, Altimurat Annadurdiev, Selim Nurmuradov (Mixail Titov, 69), Serdar Annaorazov, Resul Xojaev, Mekan Ashrov (Begmurat Bayov, 76), Serdar Geldiev (Velmurat Ballakov, 90+2), Vohit Orazsaxedov
Osiyo Kubogi-2019. Raqibimiz Turkmaniston nima uchun FIFA kunlaridan foydalanmayapti?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram