SHota Arveladze: “Paxtakor”ga bugun g’oliblik ruhi etishmadi”

– O’ylashimcha, o’yinni biz kurashchan boshlay olmadik. Dastlabki daqiqalardan raqib ko’proq g’alabani istayotganligi ko’rindi. Umuman olganda, jamoamiz pastki o’rinlardan oxirgi turga kelib kumush medali uchun imkoniyatga ega bo’lgani ham yomon emas. Ikkinchi davrani jamoamiz ancha yaxshi o’tkazdi, deyish mumkin. Biz qo’yib yuborilgan barcha gollarga qaraydigan bo’lsak, o’zimiz qo’pol xatolarga yo’l qo’ydik. Birinchisida Iskanderov xato qildi, ikkinchisida Alijonov noto’g’ri o’ynadi. Uchinchi golda esa Lobanov nima qilganini tushunmadim. Bu bilan faqat bizning xatolarimiz mag’lubiyatga sababchi bo’ldi, demayman. “Nasaf” bizni xato qilishga majbur qilganini ham tan olish kerak. Bugun bizga g’oliblik ruhi etishmadi.…

Davomi...

Nesterov va Kapadze O’zbekiston rekordini takrorlashdi!

Darvozabon Ignatiy Nesterov “Paxtakor” va “Bunyodkor” safida jami 10 marta chempionlikka erishgan edi. Yarim himoyachi Timur Kapadze esa “Neftchi”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” tarkibida 10 bor chempion bo’lgandi. Ikkala futbolchi o’tgan yil “Lokomotiv” safida 11-marta mamlakat chempionatining oltin medallariga ega chiqishgandi. SHu tariqa Nesterov va Kapadze O’zbekiston chempioni bo’lish borasida mutloq rekordchi Anvar Solievga etib olishdi. “Navbahor” sport direktori bo’lib ishlayotgan Soliev yurtimizda birinchi bo’lib 12 marta O’zbekiston chempioni nomiga sazovor bo’lgan. Manba: Championat.asia

Davomi...

“Lokomotiv” – ketma-ket ikkinchi yil O’zbekiston chempioni!

Unda Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Dinamo”ni 5:1 hisobida ustun keldi. Natijada Oliy Liga-2017 yakunlanishiga yana 1 tur qolganida “temiryo’lchilar” oltin medallarni naqd qilib qo’yishdi. Bu orqali jamoa o’z chempionlik unvonini munosib himoya qila oldi va ketma-ket ikkinchi yil O’zbekiston chempionligini qo’lga kiritdi! SHu tariqa, “temiryo’lchilar” jamoasi o’z sovrinlar muzeyini yana bir chempionlik kubogi bilan boyitadigan bo’lishdi. Bungacha jamoa 2016 yilda ilk bora mamlakat chempioni bo’lgandi. 3 marta – 2013, 2014, 2015 yillarda “Lokomotiv” O’zbekiston chempionati kumush medallariga ega chiqqan. Bir marta – 2012 yilda “Loko” bronza medallarni qo’lga kiritgan. SHuningdek, klub…

Davomi...

Oliy Liga. 29-tur. “Lokomotiv” chempion, “Nasaf” – “Paxtakor” 4:0 va qolgan natijalar

Oliy Liga, 29-tur 19 noyabr (yakshanba) 14:00 – “Neftchi” (Farg’ona) – “Mashal” (Muborak) 2:1 Hakamlar: H. Ro’ziev (Toshkent), A. Po’latov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), J. Jalimov (Toshkent vil.) Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent) PFL vakili: R. CHernikov Gollar: Mo’ydin Mamazulumov 7, – 1:0. SHahzod SHaymanov 13, – 1:1. Avazbek O’lmasaliev 51, – 2:1. “Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, SHerzod Hakimov, Mo’ydin Mamazulumov (Alisher SHog’ulomov, 70), Muzaffar Muzaffarov, Jasur Hasanov, Dilyorbek Ermtaov, Muhsinjon Ubaydullaev, Abdurahmon Abdulhaqov (Islombek Karimov 70), Abrorbek Ismoilov, Bobur Yo’ldoshev, Avazbek O’lmasaliev Zaxira: O’tkir Yusupov, Doston Tursunov, Kamrobey Kapadze, Ibrohim Rahimov, Mansur Saidov, “Mashal”: Javohir Ilyosov, Iskandar…

Davomi...

FIFA sobiq vice-prezidenti JCH-2022 mezbonligi uchun Qatardan 80 mln dollar pora so’ragan ekan

FIFAda korrupciya bo’yicha guvohlardan biri Alexandro Burcako Nyu-York sudida chiqish qildi.  Uning aytishicha FIFA sobiq vice-prezidenti Xulio Grondona Qatardan 80 million dollar so’ragan va evaziga JCH-2022 mezbonlarini aniqlash vaqtida arab davlatiga ovoz bergan. Grondona qatarliklar kerakli pulni to’lashmaganidan darg’azab bo’lgan va guvoh bundan xabar topgan. 82 yoshli Grondona 2014 yil yozida yurak xuruji tufayli vafot etgandi. Bursako – sobiq bosh menedjeri va Argentinadagi Torneos y Competencias sport marketing kompaniyasi raisi edi. 2015 yilda u o’zini pul yuvishdagi ayblarini tan olgan. Bursako jarima sifatida 21,6 mln dollar to’lashga roziligini aytgan. Manba:Championat.asia

Davomi...

“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuviga chipta olishga shoshiling!

bo’lajak uchrashuv – yil o’yini sifatida tariflanmoqda. Mazkur uchrashuv maqomiga monand qiziqarli o’tishini oldindan bemalol aytsa bo’ladi. Zero, o’yin ortiqcha tarifga muhtoj emasligini o’zingiz ham bilib turibsiz. Maqsadga o’ta qolaylik. “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvi chiptalari bugundan “Markaziy” stadion chiptaxonalari orqali sotuvga chiqariladi. Agar uchrashuvni bevosita stadionda tomosha qilishni rejalashtirgan bo’lsangiz, chiptani xaridga qilishga shoshiling. Aks holda armonda qolasiz. Bu uchrashuvning muhimligi – g’olib jamoa kumush medal va OCHL yo’llanmasiga ega bo’ladi. CHipta narxlari quyidagicha: CIP sektor  – 25 000 so’mdan Markaziy sektorlar  (1, 2, 6, 7, 8) – 10 000…

Davomi...

Peru – JCH-2018ning eng so’nggi ishtirokchisi!

Uchrashuvning 28-daqiqsida Jefferson Farfan hisobni ochdi. Ikkinchi taym o’rtalarida esa Kristian Ramos farqni oshirdi – 2:0. Uchrashuvda hisob boshqa o’zgarmadi va Peru 2018 yilgi Jahon chempionatining eng so’nggi ishtirokchi jamoasiga aylandi. Peru – Yangi Zelandiya 2:0 16 noyabr, 07.15, «Estadio Nacional del Peru» Gollar: 1:0 – 28 Farfan, 2:0 – 65 Ramos. Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges, Kueva (Sela, 86), Tapiya, Polo (Karrilo, 74), Farfan, Flores, Ruidias (Yotun, 66). Yangi Zelandiya –    Marinovich, Rid, Dyurent (Brokki, 77), Uinn, Boksell, Lyuis (Roxas, 59), Kolvi, Tuiloma (Vud, 46), Tomas, Barbaruses, Makglinchi. Ogohlantirishlar: Tomas…

Davomi...

Turkmaniston va yana to’rt jamoa Osiyo Kubogi-2019ga yo’llanma oldi

5-tur o’yinlaridan oldin 3ta jamoa yo’llanmaga ega bo’lgandi: Falastin, Ummon va Hindiston. Kechagi o’yinlardan so’ng yana 5ta jamoaning qita chempionatiga borishi aniq bo’ldi. “A” guruhida qo’shnilarimiz Qirg’iziston terma jamoasi safarda Makaoni 4:3 hisobida mag’lub etishdi. Hindiston esa Myanma bilan durang o’ynadi – 2:2. # Jamoa O’ YU D M T-N O 1 Hindiston 5 4 1 0 10:3 13 2 Qirg’iziston 4 2 1 1 7:6 7 3 Myanma 4 1 2 1 8:5 5 4 Makao 5 0 0 5 4:15 0 “B” guruhida Livan safarda Gongkongni mag’lub etib…

Davomi...