O’rtoqlik o’yinlari. Germaniya so’nggi daqiqada mag’lubiyatdan qutulib qoldi, Gollandiya safarda Ruminiyani yirik hisobda engdi va boshqa natijalar

Kyoln shahridagi “Rayn Energi” stadionida mezbon Germaniya terma jamoasi Franciya termasi bilan o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Aleksandr Lyakazett mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo’lsa, ikkinchi bo’lim boshida Timo Verner muvozanatni tikladi. 71-daqiqada Lyakazet o’z hisobiga “dubl” rasmiylashtirdi – 1:2. Ammo mezbonlar so’nggi daqiqalarda Lars SHtindlning goli evaziga muqarrar mag’lubiyatdan qutulib qolishdi. O’rtoqlik o’yini Germaniya – Franciya 2:2 (0:1, 2:1) Gollar:0:1 – 33 Lyakazett, 1:1 – 56 Verner, 1:2 – 71 Lyakazett, 2:2 – 90 SHtindl. Germaniya – Trapp, Xummels (Ryudiger, 46), Zyule, Plattenxardt, Djan (SHtindl, 83), Xedira (Rudi, 75), Kroos,…

Davomi...

O’rtoqlik o’yinlari. Qatar Islandiya bilan durang o’ynadi, Yaponiya Belgiyaga mag’lub bo’ldi

FIFA kunlari munosabati bilan qitamizning bir qator terma jamoalari Evropa jamoalari bilan o’rtoqlik o’yinida ishtirok etishdi. Jumaladan Qatar terma jamoasi o’z maydonida Evro-2016 qahramonlaridan biri Islandiya termasi qabul qilib, Muntarining 90-daqiqada kiritgan goli evaziga mag’lubiyatdan qutulib qoldi. Qatar – Islandiya 1:1 (0:1, 1:0) Gollar: 0:1 – 26 Kyartansson, 1:1 – 90 Muntari. Qatar – Al-SHeb, Al-Ravi, Budiaf (Maqsud, 63), Ali, Al-Obeydi (Xoder, 67), Umar (Fatahi, 75), Salim (Hasan, 75), Xalid, Ali (Muntari, 67), Muhammad (Alaa, 75), Afif. Islandiya –  Kristinsson (Yonsson, 46), Skulason (Gunnarsson, 79), Sigurdsson, Foluson, Xoannesson (Byarnason, 64), Siguryonsson, Smarason…

Davomi...

Xushxabar! “Sport TV” O’zbekistonning BAAga qarshi o’yinini to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatadi

Soat 18:00da boshlanadigan o’yinni ko’pchilik intizorlik bilan kutmoqda. Biroz avval saytimizda telekanal vakillarining so’zlariga tayangan holda o’yin efirga uzatilishi mumkinligini malum qilgan edik. O’quvchilarimiz tomonidan bo’layotgan juda ko’plab savollardan kelibchiqib yana bir bor telekanal xodimlari bilan bog’landik. Demak, bugun bo’lib o’tadigan BAA – O’zbekiston uchrashuvini Sport TV to’g’ridan-to’g’ri namoyish etadi. Bugun bo’lib o’tadigan BAA – O’zbekiston uchrashuvini Sport TV to’g’ridan-to’g’ri namoyish etadi. Eslatib o’tamiz, BAA – O’zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Bu o’yin terma jamoamiz uchun Ro’ziqul Berdiev boshchiligidagi birinchi bahs bo’ladi. Manba :championat.asia

Davomi...

Ronaldu bir qarorga kelgan: U «Real»ni tark etadi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakuniga etgach, madridliklar safini tark etmoqchi va bu haqda klub prezidenti Florentino Peresni ogohlantirishga ulgurgan. El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko’ra, futbolchining rejasiga qaramasdan, Peres 2018 yilning yozida portugaliyalik yulduzini qo’yib yuborishni istamayapti. O’z navbatida Ronaldu «Real» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortmoqda. Bunda u klubda o’zini qadrlashmayotganidan nolimoqda.  Bundan tashqari klub yozda Kilian Mbappe(«PSJ»ga o’tishidan oldin) va boshqa yulduzlarni sotib olish harakatiga tushib qolganini ham Ronaldu o’ziga nisbatan hurmatsizlik deb qaramoqda. Manba: tribuna.uz

Davomi...

Kasilyas Buffonga achindi

Portu darvozaboni Iker Kasilyas Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffonni qo’llab-quvvatladi. «Buni ko’rish juda ham og’ir. Sen oldingidek barcha uchun afsona bo’lib qolishingni istayman. Sen bilan ko’p bor to’qnash kelganimdan faxrlanaman. O’z o’yining bilan bizni xursand qilishda davom etishing lozim», –deb yozadi Kasilyas tvitterdagi o’z sahifasida. Manba: championat.asia

Davomi...

Buffon terma jamoadan ketganini elon qildi

Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffon bugungi uchrashuvdan so’ng ko’zida yosh bilan Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi. “Men terma jamoani tark etyapman va uni yosh futbolchilarga qoldiryapman. Italiya futbolining kelajagi bor. O’n yil davomida terma jamoa libosida Bardzali, Bonuchchi, Kellini va De Rossi bilan birga o’ynadik. Bugun ular ham terma jamoadagi so’nggi o’yinlarini o’tkazishdi”,- dedi Buffon. Manba: championat.asia

Davomi...

Sensaciya! Italiya JCH-2018ga bormaydi

Italiya terma jamoasi kelasi yili Rossiya yashil maydonlarida o’tkaziladigan mundialda ishtirok etmaydi. 1958 yilgi jahon chempionatidan keyin ilk bor Jahon chempionati Skuadro Adzurrosiz o’tadi. Ha, xuddi shunday! Italiyaliklar JCH-2018 pley-offining javob bahsida o’z maydonlarida SHveciyani mag’lub eta olishmadi. Milan shahridagi “San-Siro” stadionida o’tgan o’yinda hisob ochilmadi. SHveciya terma jamoasi o’z maydonidagi 1:0 hisobidagi g’alaba evaziga mundial chiptasini qo’lga kiritdi. JCH-2018 pley-off javob uchrashuviItaliya – SHveciya 0:0 (0:0, 0:0) “Juzeppe Meacca (San-Siro)” nomli stadion Italiya– Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Darmian (El-SHaaravi, 63), Parolo, Kandreva (Bernardeski, 76), Florenci, Jorjino, Immobile, Gabbyadini (Belotti,…

Davomi...

Sariq kartochkalari to’planib qolganligi bois quyidagi futbolchilar navbatdagi tur uchrashuvlarini o’tkazib yuboradi.

  Oliy Liga (29-tur): Ivor Vayttser (“Buxoro”) Otabek Valijonov (“So’g’diyona”) Abdujamol Isroilov (“Neftchi”) Rustamjon Ashurmatov (“Bunyodkor”) Yoshlar Ligasi (29-tur): Behzod Mirzamuratov (“Qizilqum”) G’olib Soriboev (“Mash’al”) Shuxrat Suyarqulov (“So’g’diyona”) Sirojiddin Qo’ziev (“Nasaf”) Ibrohim G’ofurov (“Bunyodkor”) Shahboz Umarov (“Olmaliq”) Manba: PFL.uz

Davomi...

Faqatgina uch klub biror marta La Ligani tark etmagan

Bunga ichki chempionatdagi kurash ham jiddiy bo’layotgani sabab bo’lsa ajab emas. “Real” va “Barselona” alohida, hamda qolganlarning alohida turniri bor deb ko’p eshitganmiz. Ammo uzoqqa bormaylik, shu mavsumning o’tgan qismidayoq “Qirollik klubi” qancha ochko yo’qotdi? “Valensiya”dan bu kabi start kutganlar ko’pmi? Yana bir qiziq malumot, bugungi kungacha faqatgina uch klub La Ligadan “tushib ketmagan”. Poytaxtlik “qaymoqranglilar” bilan birgalikda, bunday natija bilan “Atletik Bilbao” va “Barselona” jamoalari maqtana oladilar xolos. Manab: championat.asia

Davomi...