Rasmiy xabar: Pogba uchta o’yinga diskvalifikaciya qilindi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba uchta uchrashuvda maydonga tusha olmaydigan bo’ldi.
 Franciyalik futbolchi “Arsenal” bilan o’yinda ispaniyalik Ektor Beleringa qarshi oyog’ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgandi. Angliya futbol Associaciyasi bu vaziyatni ko’rib chiqdi va Pogbani 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilishga qaror qildi.

“Manchester Yunayted” bu qaroroga apellyaciya bermaydigan bo’ldi. SHunday qilib, Pogba “Manchester Siti”, “Bornmut” va “Vest Xem” bilan o’yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Manba: Championat.asia
1966 Ko`rilgan 2 Bugun ko`rilgan

Related posts