“Nasaf”ning OCHLdagi bo’lajak raqibi eski “qadrdonlar”

Qarshining “Nasaf” jamoasi OCHL guruh bosqichiga chiqish yo’lida Iordaniyaning “Al Faysali” klubiga qarshi duch kelmoqda.

Iordaniyaning amaldagi chempioni “Al Faysali” “Nasaf” uchun begona raqib emas. Ushbu jamoalar 2011 yili OFK kubogining 1/16 final bosqichida  to’qnash kelishgandi. Qarshida bo’lgan bahsda “ajdarlar” 2:1 hisobida g’alaba qozonib, nimchorak finaliga yo’llanmani qo’lga kiritishgandi.

OFK Kubogi-2011
1/16 final.
“Nasaf” – “Al Faysali” 2:1
Qarshi, “Markaziy” stadion (15000 tomoshabin)
Gollar: Lutfulla To’raev (28), Ilhom SHomurodov (56) – Anas Hijax (78)

Aynan o’sha yili “Nasaf” OFK kubogida zafar quchgandi.

O’shanda “Nasaf”ni ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko boshqargan.
“Ay Faysali” rulida esa Rateb Al-Avadat bo’lgan.

Bu qiziq, lekin fakt! “Al Faysali” “Nasaf”ga qarshi o’yindan keyin, aniqrog’i, 2011 yildan 2017 yilga qadar  oz emas, ko’p emas naqd 21 nafar murabbiyni istefoga chiqardi.

Murabbiylar qo’nimsizligi davom etayotgan jamoani ayni paytdagi yangi bosh murabbiyi Dragan Talajichham “Nasaf” uchun begona emas.


CHunki ushbu mutaxassis OFK kubogi finalida “Quvayt SK” jamoasi bosh murabbiyi sifatida Qarshida “Nasaf” mehmoni bo’lgan.

Demak “Nasaf”ning bo’lajak raqibi notanish emas.

“Al Faysali” ham, jamoa bosh murabbiyi Talajich ham Ro’ziqul Berdievga yaxshi tanish bo’lgan raqib.
CHunki ularga qarshi o’yinlarda Ro’ziqul Berdiev o’sha paytdagi bosh murabbiy Anatoliy Demyanenkoga yordamchi sifatida faoliyat olib borgan.
Ozmi-ko’pmi, Berdiev ham bo’lajak raqiblari haqida tasavvurga ega.

Qiziq tomoni, “Faysali” uchun ham, Talajich uchun ham Qarshi safari muvaffaqiyatsiz bo’lgan.

Umid qilamizki, bu safar ham “Al Faysali” hamda Dragan Talajichning Qarshiga uyushtirayotgan safari “Nasaf” uchun muvaffaqiyatli yakun topadi.

“Nasaf”ning hozirgi tarkibidan faqatgina himoyachi Maqsud Karimov o’sha paytda “Al Faysali”ga qarshi maydonga tushgandi.

Ayni paytda “Al Faysali” Iordaniya chempionatida 4-pog’onada bormoqda. Dragan Talajich “Al Faysali”ga kelganidan keyin jamoaning natijalari ancha yaxshilandi. Jamoa ketma-ket g’alabalar seriyasini boshlab oldi.

Manba: Championat.asia

2935 Ko`rilgan 1 Bugun ko`rilgan

Related posts