Kavani Ibragimovichning rekordini yangilashi mumkinligi haqida gapirib o’tdi

PSJ hujumchisi Edinson Kavani tez orada o’rnatishi mumkin bo’lgan to’purarlik rekordi haqida o’ylamayotganini aytib o’tdi.

Eslatib o’tamiz, urugvaylik PSJ tarkibida 153ta gol urgan. Parijliklarning gol urish bo’yicha rekordchisi Zlatan Ibragimovich – 156 gol.

“Bu holat ertami-kech ro’y beradi. Albatta, bu yoqimli bo’ladi. Lekin, men bunday yutuqlarga va o’z ishimga qanday yondoshishimni hamma biladi. Men uchun birinchi o’rinda – jamoa, undan keyin shaxsiy yutuqlar”, – dedi Kavani.

Manba: Championat.asia

3157 Ko`rilgan 1 Bugun ko`rilgan

Related posts