Nasaf muxlislari klubga keltirgan zararni qoplashmoqchi.

Nasaf va Paxtakor o’rtasida bo’lib o’tgan o’yindan so’ng Paxtakor darvozaboni Labanov hamda Qarshi markaziy stadioniga yig’ilgan muxlislar o’rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Bu kelishmovchilikka PFL qatiiy chora ko’rdi va Paxtakorga 50 000 000 so’m, Nasaf klubiga esa 100 000 000 so’m jarima belgiladi

O’z ayblarini his etgan “Nasaf” muxlislari klubga yordam tariqasida pul yig’ishga kirishildi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda habarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda quyidagi xabar tarqalgan

“Nasaf” klubi muxlislarining bayonoti

Xabaringiz bor, kuni kecha PFL saytida: “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidagi holat
yuzasidan PFL Tartib-intizom qo’mitasi qarori (http://pfl.uz/news/sections/pfl/8308 )
e’lon qilindi. Bu qaror “Nasaf” muxlislarining katta xursandchiligidan keyin,
kayfiyatini tushirib yubordi. Bu albatta achinarli hol. Bugun ertalabdan “Nasaf”
klubining faol muxlislari tomonidan tashabbus guruhi tuzilib, qarorga sabab bo’lgan
voqea keng muhokama qilinmoqda. Aslida voqea qanday bo’lgani so’rishtirilmoqda.
Ko’pchilikning fikricha, birinchi bo’lib Lobanov tomonidan professional futbolchiga
xos bo’lmagan harakat bo’lganligi aniq bo’lmoqda. Ya’ni, voqea sodir bo’lgan joyda
o’tirgan muxlislar bu haqda kerakli joyda, kerakli ko’rsatma berishga ham tayyor
ekanliklarini bildirishmoqda. Voqea va qabul qilingan qaror yuzasidan ayni paytda,
rasmiy tashkilotlarga murojaat tayyorlanmoqda.
Ammo afsuski, qaror qabul qilib bo’lindi. Bu qaror muxlislarning eng yaxshi ko’rgan
klubiga nisbatan katta moliyaviy zarar bo’ldi.
Shu munosabat bilan tashabbus guruhi o’zaro kelishib, muxlis – Ma’ruf Hazratqulov
nomiga bankdan maxsus hisob raqami (plastik kartochkada) ochishdi. Klubga jarimani
to’lashga yordam uchun, mablag’ yig’ish ham boshlab yuborildi.
Plastik kartochka raqami: 8600 0329 6323 0420
Kimki ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlasa, shu raqamga pul o’tkazishi mumkin.
Biz hech qachon sevimli klubimizni yolg’izlatib qo’ymaymiz!
PFL rahbarlariga ham qisqa murojaat qilmoqchimiz. Hurmatli futbolimiz
rahbarlari, muxlislarni futboldan sovutmang! Futbol faqat muxlislar uchun
ekanligini ham unutmang. Axir aynan muxlislar manfaatini o’ylab, davlatimiz
qanchadan-qancha mablag’larni ayamayapti. Qaror qabul qilishda adolatli bo’ling!

“Nasaf” klubi muxlislari tashabbus guruhi nomidan – Sanjar Sayfiev
Murojaat uchun telefonlar: +998 91 224 74 74, +998 90 666 61 61

15530 Ko`rilgan 1 Bugun ko`rilgan

Related posts