Benzema ECHLda safarda 24 ta gol urdi

“Real” hujumchisi Karim Benzema ECHL 5-turi doirasida APOELga qarshi bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg’ol etdi.

29 yoshli francuz hujumchisi ushbu musobaqada o’zining safar uchrashuvlaridagi 24-golini kiritdi va bu borada gollandiyalik Ruud van Nisteroyga etib oldi.

Safarda gol urish bobida Benzema faqatgina jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va “Barsa” etakchisi Lionel Messidan ortda qolmoqda.

Manba: Championat.asia

1177 Ko`rilgan 1 Bugun ko`rilgan

Related posts