Alisher Nikimbaev: “Nima uchun O’FFni tanqid qilishyapti? SHoshilmaslik kerak”

“To’g’risi, Ro’ziqul Berdiev va O’FF nima uchun tanqid qilinayotganiga tushunmayapman. Terma jamoaning birinchi rasmiy o’yinigacha 14 oy vaqt bor. SHu sababli, yangi murabbiy tanlashda shoshilgandan foyda yo’q. Duch kelgan murabbiyni tanlash ham to’g’ri kelmaydi. Ayni paytda murabbiylar bozorida faqatgina Evropada mavsum boshida ishsiz qolganlar bor. Albatta, ushbu ro’yxatda Ronald de Bur, Karlo Anchelotti kabilar ham bor. Lekin, O’FF rahbariyati ular bilan muzokara olib borayotganligi fakt emas.SHuningdek, ular terma jamoamizga kelishi ham aniq emas. Men uchun kim vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarganidan ko’ra, bosh murabbiy sifatida kim bilan shartnoma imzolanishi mumkin. SHu asosiy savol. Agar yakunda terma jamoasini ayni paytda JCHga tayyorlayotgan murabbiy tanlansa ham ajablanmayman. Bunday holatda u o’z ishini iyulda boshlashi kerak bo’ladi. Kechmi? Nima uchun kech? Osiyo Kubogigacha bir yarim yil vaqt bor. Tayyorlanish uchun vaqt etadi. Keyin, siz uchun qaysi biri yaxshi: yana Osiyo Kubogidagi yarim finalmi yoki jahon chempionatiga chiqishmi? Javob aniq. SHu sababli, havotirlanishga hech qanday sabab yo’q.

Berdievning bosh murabbiy etib tayinlanishiga keladigan bo’lsak, bu erda barchasi oddiy: o’z kuchini milliy terma jamoada sinab ko’rishni istamaydigan murabbiy yo’q. Ro’ziqulni tanqid qilayotganlar ham bunday imkoniyatdan foydalanib qolgan bo’lardilar”, – deydi Nikimbaev o’zining feysbukdagi sahifasida.

Manba: Championat.asia

464 Ko`rilgan 1 Bugun ko`rilgan

Related posts