“Real” Prezidenti: “Ispaniya chempionatini “Barselona”siz tasavvur qilib bo’lmaydi”

Real Prezidenti Florentino Peres bundan keyin ham Barselona Ispaniya chempionatida o’ynashini istaydi. Avvalroq, kataloniyaliklarning Franciya, Angliya yoki Italiya chempionatiga borib qo’shilishi haqida xabarlar tarqalgandi. “Men Ispaniyani Kataloniyasiz, shuningdek, Ispaniya chempionatini ham “Barselona”siz tasavvur qila olmayman. Eng zo’r futbolchilar Ispaniya terma jamoasida bo’lishi kerak. Nima bo’lishidan qatiy nazar terma jamoada birdamlik va yaxshi muhit saqlanib qolgan”, – deydi Peres. Manba: Championat.asia

Davomi...

16 yoshli hujumchi uchun 40 mln evro

«Arsenal» va «Manchester Siti» Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Yuri Albertuga qiziqish bildirmoqda. Globo Esporte nashri xabariga ko’ra, brazil klubi 16 yoshli bu futbolchi uchun 37,5 million funt so’ramoqda. Albertu shu yozda klubi bilan proffessional shartnoma imzolagandi. Futbolchi hali «Santos»da debyut qilmagan. Hozirda u Braziliya U-17 termajamoasi bilan Hindistonda o’tayotgan jahon chempionatida bo’lib turibdi. Manba: tribuna.uz

Davomi...

O’zbekiston 14 noyabr kuni BAA bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi

O‘zbekiston Futbol Federaciyasi va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasida imzolangan memorandum doirasida O’zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazish bo’yicha muzokaralarni yakunladi. O’yin 14 noyabr kuni BAAda o’tkaziladiganbo’ldi. O’yin bo’lib o’tadigan joy va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.Avvalroq, O’zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida memorandum imzolagan edi. BAA va O’zbekiston terma jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvi O’FF va BAA Futbol uyushmalarining memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ikkinchi ish hisoblanadi. Bungacha O’zbekiston Kubogining finalini boshqarish…

Davomi...

Zidan “Tottenxem”ga qarshi o’yindan so’ng Benzema haqida gapirdi

“Albatta Benzema gol kiritishni istagandi. Lekin, biz Lorisning seyvini eslasak, u 10ta vaziyatdan 1tasida mana shunday harakat qila olishi mumkin edi. O’sha bitta seyv mana shu o’yinda bo’ldi. Karim kundan-kunga kuchaymoqda. U “Xetafe”ga qarshi o’yinda gol urdi. “Tottenxem”ga ham ura olishi mumkin edi. Sabr – muvaffaqiyat kaliti. Biz keyingi o’yin haqida o’ylamoqdamiz”, – deydi Zidan. Manba: Championat.asia

Davomi...

Liverpul ECHL rekordini takrorladi

Mersisayd klubi safarda raqibni 7 to’p farqi bilan mag’lub etib musobaqa rekordini takrorladi. Bunga qadar SHaxter (BATEni, 2014 yil) va Marsel (Jilinani,  2010 yil) safarda 7:0 hisobida g’alabaga erishgadi. Kechagi g’alaba Angliya klublarining safarda qo’lga kiritgan eng yirik g’alabasi bo’lib tarixga kirdi. Mnaba: Championat.asia

Davomi...

“Manchester Yunayted” muxlislari uchun yaxshi xabar

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino mankunianliklarning rasmiy telekanaliga bergan intervyusida himoyachi Markos Roxo nima uchun jamoa bilan ECHL doirasida Lissabonga uchganini aytib o’tdi.  “Markos bu erga o’ynash uchun emas, jamoa bilan mashg’ulot o’tkazish uchun keldi. Hozircha, u umumiy guruh mashg’ulotlari bilan ketma-ketlikda individual mashqlarni ham bajarmoqda. Lekin, u maydonga qaytishga tayyorlanmoqda. Aytishim mumkin, u taxminan 2 haftadan keyin maydonga tushishga va o’ynashga tayyor bo’ladi”, – dedi Mourino. Mnaba: Championat.asia

Davomi...

APL jamoalarining barchasi ECHLda o’z guruhida peshqadam + FOTO

Kecha tunda CHempionlar ligasi 3-turining dastlabki kun bellashuvlari bo’lib o’tdi. Oxirgi yillarda ingliz klublari xalqaro maydonda biroz oqsayotgan edi. Ammo, joriy mavsum oldinga yaxshigina siljish borligini ko’rayapmiz. Ayni paytga kelib, 5ta ingliz klubining barchasi CHempionlar ligasida o’z guruhida peshqadam bo’lib turibdi. To’g’ri, “Tottenxem” “H” guruhida “Real” bilan bir xil ochko yiqqan, to’plar nisbati ham har ikki jamoada teng. Bunday holatda, “shporlar”ni huddi madridliklar singari peshqadam desak xato bo’lmaydi. Mnaba: Championat.asia

Davomi...