Serxio Ramos: “Kavani-Neymar? “Madrid”da hammayoq tinch”

“Real” himoyachisi Serxio Ramos PSJ hujumchilari Edinson Kavani va Neymar penaltini kim amalga oshirishini kelisha olmagani borasida gapirib o’tdi.

“Real Madrid”da bu kabi holatlar yuzaga kelmaydi. Bizda barchasi o’yindan ancha avval rejalashtirilgan bo’ladi. Penaltini Krishtianu tepadi, agar u tepmasa, bu vazifani men bajaraman. Har bir o’yindan avval penalti tepishi mumkin bo’lgan uchinchi futbolchini ham aniqlab olamiz. “Qirollik klubi”da barchasi professional darajada yo’lga qo’yilgan.

“Kavani va Neymar – ikki ajoyib futbolchi va ishonchim komilki, ular bu borada kelishib oladilar.

Manba: Championat.asia

828 Ko`rilgan 3 Bugun ko`rilgan

Related posts