Qoxira ahli kecha tunda uxlamadi FOTOGALEREYA

Kecha tunda Misr terma jamoasi Kongoni o’z maydonida 2:1 hisobida mag’lub etdi va JCH-2018 yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Uchrashuvda g’alaba to’pini 90+5 daqiqada Muhammad Salax penaltidan kiritdi. Misrning mundialga chiqqanini tungi Qoxira qanday qarshi olganini quyida suratlar yordamida tasvirlab berishga urinib ko’ramiz.

JCH-2018 saralashi

Afrika

“E” guruhi. 5-tur

Misr – Kongo 2:1

Gollar: M.Salax 63, 90+5 (pen) – Buka 87

Misrlik muxlisalar o’yin paytida.

Bolakayning nigohiga etibor bering, u paytda jamoa hali mundial chiptasini naqd qilmagan edi.


Kechagi o’yinni butun Qoxira tomosha qildi. SHahardagi mana shunday yirik maydonlarga katta ekranlar o’rnatildi va barcha aholi uchrashuvni jonli tomosha qildi.


Bellashuvning so’nggi daqiqalari o’tib borayotgan bir paytda muxlislarning his-hayajonlari…


Va nihoyat, Muhammad Salax 90+5 daqiqada penaltidan g’alaba to’pini kiritdi va terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqdi.


44 yoshli posbon, Misr terma jamoasi sardori Essam Al Xadari bayram mana shu tarzda muxlislar bilan nishonladi.


Salaxning golidan keyin nafaqat stadion, balki butun mamlakat “portladi”.


28 yillik tanaffusdan keyin JCHga chiqishni nishonlash mana shunday bo’ladi…





Kecha tunda butun xalq mundial yo’lida birlashdi. Kecha “Al Ahli” yoki “Zamalek” muxlisi degan tushuncha yo’q edi. Bu ikki jamoa o’zaro o’ynaganda muxlislar o’rtasida katta to’qnashuvlar sodir bo’ladi, stadion o’rindiqlari tinimsiz sindiriladi. Lekin, kecha ular bir tan-u, bir jon bo’lishdi.


Mundial muborak Misr xalqi!

GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi

Misr 28 yillik tanaffusdan keyin JCH yo’llanmasiga ega chiqdi

Manba: Championat.asia

1109 Ko`rilgan 2 Bugun ko`rilgan

Related posts