Yangiliklar

31 daqiqada 4 ta gol

Maydon egalarining barcha to’rt goliga Patrik Mallinz mualliflik qildi. 2016 yilning oktyabr oyida jarohat olib, keyinchalik safga qaytgan ushbu futbolchi 15 uchrashuvdan iborat golsiz seriyasiga aynan ushbu o’yinda chek qo’ydi. 25 yoshli hujumchiga “poker” qayd etishi uchun 31 daqiqa kifoya qildi. Bu MLS tarixidagi rekord natijadir. Bundan oldinga rekord Mayami Fyujn jamoasining kolumbiyalik hujumchisi Diego Sernega tegishli edi. 2000 yili u “Nyu York Red Bullz” jamoasiga qarshi kechgan bahsda 35 daqiqa ichida  raqib darvozasiga to’rtta gol kiritishiga erishgandi.

822 Ko`rilgan 5 Bugun ko`rilgan